

"Arsenal" - "Chelsi" 2:1
Gollar: 2 - Morgan Rojers, 25 - Kay Xaverc, 50 - Martin Edegor
“Arsenal”: 1. David Rayya, 4. Ben Uayt, 6. Gabriel Magalyayns, 33. Rikkardo Kalafori (5. Pero Inkape, 66’), 15. Ezri Konsa, 49. Maylz Lyuis-Skelli (36. Martin Subimendi, 67’), 8. Martin Edegor (23. Mikel Merino, 77’), 41. Deklan Rays, 7. Bukayo Saka (20. Chukvunonso Madueke, 90’), 17. Xristos Colis, 29. Kay Xaverc (14. Viktor Gyokeresh, 78’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 10. Eberechi Eze, 39. Bruno Gimaraysh, 56. Maks Doumen.
“Chelsi”: 1. Emiliano Martines, 3. Uesli Fofana, 5. Maksans Lakrua, 24. Ris Jeyms, 34. Josh Achimpong, 7. Pedru Netu (41. Estevao, 81’), 45. Romeo Lavia (27. Malo Gyusto, 60’), 21. Yorrel Xato (29. Pep Chavarria, 60’), 10. Koul Palmer, 17. Morgan Rojers (18. Denni Uelbek, 87’), 9. Joao Pedro.
Zaxira: 39. Mayk Penders, 6. Livay Koluill, 4. Valentin Barko, 23. Jeovani Kenda, 11. Jeymi Gittens.
Ogohlantirishlar: 14 - Joao Pedro, 45 - Koul Palmer, 58 - Maksans Lakrua, 58 - Xristos Colis, 83 - Morgan Rojers, 90+5 - Mikel Merino
90+5. O'yin yakunlandi!
90+2. Maydon chetidagi bollboylar to'pni berishni istashmayapti)
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
89. Estevaodan ajoyib zarba bo'ldi, Rayyadan esa super seyv! Dahshat vaziyat!
87. Uelbek zaxiradan o'yinga qo'shilar ekan Ris Jeymsga murabbiylar tomonidan berib yuborilgan qog'ozni uzatdi. Ichida yozilgan ko'rsatmalar natija berarmikin?
83. Morgan Rojers va Deklan Rays o'zaro bahslashib ketishdi.
79. Joao Pedro “Arsenal” jarima maydonchasi ichida to'pni ikki bor markazga uzatdi, ikkisida ham himoyachilar “blok” qo'yishdi.
76. Jeysmning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng Gabriel boshi bilan to'pni qaytarib yubordi.
71. Yana bir burchak zarbasi, bu safar sal qolsa to'p “Chelsi” darvozasiga kirib ketishi mumkin edi…
70. Xavercning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni Emiliano qaytardi.
Bugun Kay Xaverc shu darajada o'ynayaptiki, uni ko'rib futbolchi sanat yaratishi mumkinligini o'rganish mumkin!
69. Sakadan zo'r zarba, Martinesdan ajoyib seyv!
69. Edegorning zargarona uzatmasidan keyin Xaverc zarba berishga urindi, himoyachilar yaxshi harakat qilishdi.
65. Morgan Rojersning zarbasidan so'ng to'p osmon-u-falakka ketdi.
63. Palmerning kuchli zarbasidan so'ng Rayya to'pni ushlab oldi!
61. Gyustoning zarbasi noaniq bo'ldi.
56. Raysning zarbasiga “Chelsi” a'zolari “blok” qo'yishdi.
51. “Arsenal” hisobda oldinga chiqib oldi, “Chelsi”dan javob bo'ladimi?!

50. GOL! Edegor hisobni oshirdi! Colisning erlatib uzatgan to'pini Kay o'tkazib yubordi, Martin to'pga ega chiqib, darvozaga kiritdi!
49. Bo'limni “to'pchilar” to'p nazorati bilan boshlashdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+5. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+3. Netuning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytmoqda…
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
41. O'yinda temp anchagina tushdi, bahsni maydon markazida ko'ryapmiz asosan.
37. Joao Pedro Rayya oldinga chiqib ketganidan foydalanib zarba berdi, ammo noaniq ketdi.
34. Lyuis-Skellining zarbasi aniq bo'lmadi.
31. Morganning aylantirib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
28. “Arsenal” endi to'pni “Chelsi”ga berdi, nazorat Londonning “ko'k” tomoniga o'tdi.
26. Zo'r o'yin, dahshatli bahs!

25. GOL! Xaverc hisobni tenglashtirdi! Kay jarima maydonchasi tashqarisidan erlatib zarba berdi va bu golga aylandi!
23. Endi zarba Edegordan, bu safar ham “Chelsi” himoyachilari “blok” qo'yishdi!
23. Ris Jeymasdan ajoyib zarba! To'pni Rayya zo'r qaytardi!
21. Endi “Chelsi” oldinga o'tmoqda, Palmerning zarbasidan so'ng to'pni Rayya qaytardi!
20. Colisning uzatmasidan so'ng Xaverc darvoza tomon zarba berdi, Fofanadan ajoyib “blok”!
18. Sakaning zarbasidan so'ng to'pni Emiliano qaytarib yubordi!
15. Xavercning bosh bilan bergan zarbasini Martines qaytardi.
13. Offsayd! Gabriel zarba berayotganda Konsa o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.
12. Stop, gol VARda ko'rilmoqda.

11. GOL! Kalafori hisobni tenglashtirdi! Yana bir jarima zarbasi va ajoyib kombinaciya! Dastlab Gabrielning zarbasini Martines qaytardi, so'ng Rikkardo zarba berib, gol urdi!
9. “Arsenal” ushbu bahsda bo'ladigan standartlarga juda zo'r tayyorlanibdi, ammo hozircha naf chiqmayapti ulardan. Lekin, o'ylanmalar ajoyib.
6. Ayni ushbu hujum chog'ida Emiliano Martines jarohat oldi, tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
5. Zo'r kombinaciya! Edegor jarima zarbasidan to'pni erlatib uzatdi, Kalafori zarba berdi, raqiblar qaytara olishdi!
4. Boya “Chelsi”ning goli jarima zarbasidan so'ng yuzaga kelgandi, endi xuddi shunaqa vaziyat “kanonirlar”da. Kuzatamiz.
3. Tezkor gol ko'rdik, do'stlar! Buyog'iga “yonadi” o'yin!

2. GOL! Rojers hisobni ochdi! “Arsenal” himoyachilari tomonidan qaytarilgan to'pni Morgan darvozaga yo'lladi va golga aylandi!
3. Ilk daqiqalardanoq jamoalar faol.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 3-turi doirasidagi markaziy uchrashuv - "Arsenal" - "Chelsi" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



