

Bu haqda "Squawka" statistik tizimi xabar bermoqda.
Shanba, 7 noyabr kuni Mikel Arteta shogirdlari Angliya chempionatining 10-turi doirasida "Xall Siti"ni mag'lub etdi (1:0). Uchrashuv yakunlariga ko'ra, "to'pchilar" 2026/27 yilgi mavsumning dastlabki 10 ta bahsida 27 ochko jamg'arib, 9 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi.
Bundan oldin londonliklar 2022/23 yilgi mavsum startida ham xuddi shunday natijaga erishgan edi.
"Arsenal" Angliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. 10 ta bahsdan keyin jamoa 27 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



