

- O'yin haqida fikringiz…
- Bosim ostidagi bahsni o'tkadik. Bahs ikkala jamoa uchun ham qiyin kechdi. "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bizga ozgina omad yetishmadi. Hujumlarni chiroyli yakunlay olmadik. Futbolda shunaqa: bugun yutsang, ertaga yutqazib qo'yishing mumkin.
- "Aral" muddatidan oldin Proliga g'olibligini qo'lga kiritib, Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi. Shundan so'ng keyingi o'yinlarga jamoani tayyorlash, futbolchilarni ruhlantirish qanday kechdi?
- Muddatidan oldin vazifani bajarish katta ish. Men yigitlarga bizga qarshi raqiblar ikki barobar kuch bilan o'ynashini bir necha bor aytdim. Yetakchilarga qarshi har bir jamoa bor kuchi bilan o'ynaydi. O'z navbatida biz ham g'olib sifatida o'yinlarni o'tkazishga harakat qildik.
- Bu mavsum "Aral" uchun eng qiyin uchrashuv qaysi bo'ldi?
- Oson o'yinlar deyarli bo'lmadi, birinchi turdan to oxirgi turgacha qiziq mavsumni o'tkazdik. Bizga qarshi hamma bor kuchi bilan o'ynadi.
- Superliga yo'llanmasi uchun kimda imkoniyat yuqori? "Sho'rtan", "Metallurg", "FarDU" yoki "Olimpik-MobiUz”?
- Kimnidir alohida ajratib ko'rsatish qiyin, chunki siz sanab o'tgan jamoalar futbol o'ynashni xush ko'radi. Menga har bir jamoaning o'yini yoqdi, barcha jamoalar o'ziga yarasha kuchli.



