Vadim Shadimatov: "Kelasi yil tarkibimiz qanchalik o'zgarishini vaqt ko'rsatadi"

Administrator
27 okt 2026, 21:56
Proliga 24-turdan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Aral" uchrashuvidan so'ng "Aral" bosh murabbiyi Vadim Shadimatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda "Sho'rtan" futbol klubini g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislar uchun juda qiziqarli o'yin bo'ldi. O'yindan ham futbolchilar, ham ishqibozlar zavq oldi deya olaman.

- "Aral" muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritdi. Bugun jamoangiz juda qattiq o'yin namoyish etdi. Bu siz tomondan berilgan topshiriqmidi?
- Avvalo savol uchun rahmat. Odatda jamoa muddatidan oldin g'oliblikni qo'lga kiritsa, keyingi uchrashuvlarda ham o'zini g'olib sifatida namoyon etishga harakat qiladi. O'ylaymanki, biz futbolga xos agressiv harakat qildik, maqsadimiz qo'pol o'ynash emasdi. Lekin sariq kartochkalar ko'proq bo'ldi.

- "Aral"ning tarkibi Superliga uchun mos deya olasizmi? Bu borada fikringiz qnday?
- Jamoamiz yaxshi futbolchilardan iborat, axir bekorga Proliga chempioni bo'lmadik. Lekin yangi mavsumda tarkib qanchalik o'zgarishini vaqt ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia