Vadim Shadimatov: "Bugun bizda katta bayram"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2026, 21:46
Proliga 23-turdan o'rin olgan "Aral" – "Jayxun" uchrashuvidan so'ng "Aral" bosh murabbiyi Vadim Shadimatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Hammaga xayrli kech. Avvalo barchani "Aral" jamoasining Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Bu yil yaxshi mavsumni o'tkazdik va yakunda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, maqsadimiz bu bilan to'xtab qolmaydi. Superligada ham o'zimizni ko'rsatishga va shu orqali Qoraqalpog'iston futboli rivojiga hissa qo'shishga harakat qilamiz. Bugun bizda katta bayram, buning uchun hammaga rahmat.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia