

Bu haqda federatsiyaning matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa bosh murabbiyi Galimjan Esenbaev 2027 yil 1 avgustgacha QFF homiyligidagi barcha musobaqalardan chetlashtirildi. Sababi: klubning rasmiy vakili o'ziga ma'lum bo'lgan o'yin natijasiga ta’sir o'tkazishga urinish holatini xabar qilmagan.
Bundan tashqari, "Aris" direktori Arman Pirmanovga QFF reglamentlariga rioya etilishini taminlash bo'yicha vazifalarni lozim darajada bajarmagani uchun hayfsan e'lon qilindi.
Klubning o'zi 50 MHK miqdorida jarima qilindi. Sankciya federatsiyaning xizmat tekshiruvidagi ko'rsatmasini bajarmagani hamda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish siyosati talablariga rioya qilmagani bilan bog'liq. Jarimani 2026 yil 3 dekabrgacha to'lash kerak.
Tegishli qaror QFFning rasmiy saytida e'lon qilingan.
Takidlash joiz, "Aris" Qozog'iston Birinchi ligasida ishtirok etadi. O'tgan mavsum yakunida jamoa 33 ochko to'plab, 7-o'rinni egallagan.



