Superliga-2027 yo'llanmasi uchun kurashga oz qoldi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2026, 13:55
Kecha, 9 noyabr kuni Proliga mavsumi yakuniga etdi.

“Aral” muddatidan avval musobaqa g'olibligini qo'lga kiritib, 2027 yilgi mavsumni Superligada o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi.

Proliga ishtirokchilaridan yana biriga ham Superliga yo'llanmasi nasib qilishi mumkin. Buning uchun to'rt klub 25 noyabrdan e'tiboran kurashga qo'shiladi. Yakuniy muvaffaqiyat ketma-ket uch g'alaba evaziga qo'lga kiritiladi.

Proliga reglamenti asosida mavsumni kuchli uchlikda yakunlashga erishgan “Metallurg” 25 noyabr kuni “FarDU” klubini qabul qiladi. Ertasiga esa “Olimpik-MobiUz” G'uzorda “Sho'rtan” mehmoni bo'ladi. Har ikki bellashuv g'oliblari 5 dekabr kuni mavsumni nisbatan yuqori o'rinda yakunlagan klub maydonida to'qnash keladi.

2.jpg

Superliga pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadigan to'rt klubi nomi hozirgacha aniq emas. Nazariy jihatdan 15-o'rinda kurash olib borayotgan “Qo'qon-1912” klubida ham Superligadagi o'rnini pley-off o'yinlarisiz saqlab qolish imkoniyati mavjud. Ayni vaqtda elita klublari mavsumni 12-o'rindan yuqorida yakunlash uchun kurash olib bormoqda.

Chempionatdagi o'rnini pley-off orqali saqlab qolish ilinjidagi klublar shu pley-offdagi hech bo'lmaganda bitta uchrashuvda g'olib chiqishi lozim. Uchrashuvlar 6 hamda 9 dekabr kunlari bo'lib o'tadi. Yakuniy o'tish o'yini esa 12 dekabrga rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, har ikki musobaqaning pley-off bosqichi va o'tish uchrashuvlarida g'olibni asosiy vaqtda aniqlashning imkoniyati bo'lmasa, har biri 15 daqiqadan ikki qo'shimcha taymlar belgilanadi. Liga barcha uchrashuvlarni translyatsiya qilish va ularda VAR texnikasidan foydalanish masalasini “Futbol TV” hamda O'zFHM bilan muvofiqlashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz