Alisson "Liverpul" bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda: "Qolishdan baxtiyorman"

Sherzod Nurmatov
10 noya 2026, 15:00
"Liverpul" darvozaboni Alisson Beker agenti klub bilan yangi bitim borasida muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.

Amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga etadigan 34 yoshli braziliyalik futbolchi "Enfild"da qolish niyatida ekanini bildirdi.

"Ha, bu mening rejalarimda bor. Qolishdan baxtiyorman. Bu yerda baxtliman, oilam ham bu yerda baxtli. Men hamon sovrinlarga tashnaman", – deya Alissonning so'zlarini keltiradi ESPN.

2018 yilda "Roma"dan darvozabonlar uchun rekord darajadagi qariyb 80 million evro evaziga ko'chib o'tgan posbon "Liverpul" safida 347 ta o'yin o'tkazdi. O'tgan yozda "Yuventus" tomonidan qiziqish bo'lganiga qaramay, "Liverpul" shartnomani 1 yilga uzaytirish bandini faollashtirdi va Alisson yangi murabbiy Andoni Iraola qo'l ostida ham asosiy darvozabon sifatida qoldi.

Shu bilan birga, klub hozirdan uzoq muddatli o'rinbosar tayyorlamoqda: yozda Georgiy Mamardashvili bilan shartnoma imzolandi, 2027 yilda esa "Liverpul" safiga 18 yoshli Lyukka Bryugmans kelib qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN