Ro'ziqul Berdiev: "Jang" qildik va qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdik"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2026, 23:52
Superliga 27-turdan o'rin olgan "Buxoro" – "Nasaf" uchrashuvidan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor bugungi g'alaba uchun yigitlarga minnatdorlik bildiraman. Biz uzoq vaqt safarda bo'ldik, uzoq masofani bosib o'tdik. OCHL 2 o'yini payti 8 soatlab aeroportda o'tirdik. Natijada charchoq yuzaga keldi. Shunga qaramay yigitlarimiz "jang" qilishdi va juda qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdik. Biz xarakter ko'rsata oldik va bundan juda xursandman. Bahs asosan uzun to'plar va kurashlar asosida kechdi. Menimcha, bundan boshqacha bo'lmasdi ham. Standart vaziyatlar ham ko'p bo'ldi. Jamoamio' vakillarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugun Zafarmurod Abdirahmatovga imkon berilmadi. Bu nima bian bog'liq?
- Zafarmurod bilan Sardor Bahromovda jarohat borligi uchun tavakkal qilishni istamadik. Bundan tashqari Murod Rahmatovda diskvalifikaciya borligi sabab o'ziga yarasha yo'qotishlar bilan keldik. Shunga qaramay yigitlar o'zlarini ko'rsata olishdi. Buning uchun yana bir bor rahmat.

- Siz bilan Mirjalol Qosimovni jahon futbolidagi Karlo Anchelotti va Pep Gvardiolaga o'xshataman. Gvardiola bilan Anchelottida futboldan dam olish holatlari kuzatilyapti. Sizda ham qachondir shunday holat yuzaga kelishi mumkinmi? Masalan, Ro'ziqul Berdiev futboldan dam olishga qaror qildi, endi ko'p vaqtini oilasiga ajratadi degan xabarlar chiqib qolsa.
- Albatta, biz ham insonmiz, charchaymiz va dam olgimiz keladi. Bu haqda o'tgan safar ham aytgandim. Albatta, tanaffus yomon bo'lmasdi. Lekin jamoaga qanchalik kerak bo'lsam, shuncha yordam berishga tayyorman. Yana bir narsani aytishim kerak, bugun shunday maydonda o'p tepishgani uchun har ikki jamoa futbolchilaridan uzr so'rayman. Shunday maydonga chiqib futbol o'ynashga biz majbur qilyapmiz. Bunaqa yomon maydonni men yaqin orada ko'rmagandim. Bu juda og'ir holatdagi maydon ekan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia