

"Yangi murabbiy kelganida hamma ikki oycha xursand bo'lib yuradi, keyin esa yarim yil o'tib, barchasi yana takrorlanadi. Murabbiylarni almashtirishda davom etib, buni echim deb hisoblash mumkin. Biroq 12 yil ichida sakkizta murabbiy misolida allaqachon isbotlandi - bu chiqish yo'li emas. Kerrik ketishi ham mumkin, qolishi ham mumkin, biz bilmaymiz. Xo'jayinlarda esa nima qilish kerakligi haqida zarracha ham tushuncha yo'q.
Agar sen transfer ishlarini yomon olib borsang, agar selekciya hamda o'yinlar tahlili bo'limlaring kuchsiz bo'lsa, klub tizimining boshidan oxirigacha kuchli rahbariyat mavjud bo'lmasa, muvaffaqiyatsizlikka mahkumsan. Klubda jiddiy muammolar bor: muhim lavozimlarga yirik futbol tizimlarida ishlash tajribasiga ega bo'lmagan odamlarni tayinlashmoqda", – deya Nevillning so'zlarini keltiradi ESPN.
So'nggi 12 yil ichida "Manchester Yunayted" 8 nafar bosh murabbiyni almashtirdi. Bu davrda jamoani Devid Moyes, Lui van Gal, Joze Mourinyu, Ole Gunnar Sulsher, Ralf Rangnik, Erik ten Hag, Ruben Amorim va Maykl Kerrik boshqardi.
10 ta turdan so'ng "Manchester Yunayted" 8 ochko bilan APL turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. Mankunianlar navbatdagi o'yinni 22 noyabr kuni safarda "Liverpul"ga qarshi o'tkazadi.



