

Marko Palestra "Chelsi" futbolchisiga aylandi.
London klubi "Atalanta"dan 21 yoshli himoyachi o'tganini e'lon qildi. Tomonlar 2033 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladilar.
Avvalroq, bergamoliklar futbolchini sotishdan 55 million evrodan ortiq mablag' ishlab olishlari haqida xabar berilgandi.
O'tgan mavsumda Palestra A Seriyada 37 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



