"Suonsi" sobiq ustozi aeroportda ishlamoqda
23 iyu 2025 14:39
Yangiliklar
"Suonsi" sobiq ustozi aeroportda ishlamoqda
"Suonsi" sobiq bosh murabbiyi Lyuk Uilyams futbol klubi tomonidan ishdan bo'shatilganidan so'ng hozirda Bristol aeroportida faoliyat olib bormoqda.
Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
Uilyams Angliya chempionatining ikkinchi kuchli divizionida qatnashayotgan jamoa to'qqizta o'yindan ettitasida mag'lub bo'lganidan so'ng, fevral oyida "Suonsi"ni tark etgandi. U 2024 yilning yanvaridan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi.

Gazeta 44 yoshli Uilyamsning Bristol aeroporti xodimi kiyimidagi suratlarini chop etdi. Qayd etilishicha, uning vazifalariga nogironligi bo'lgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan yo'lovchilarga yordam berish kiradi.
Uilyams futbolchi sifatida "Norvich" va "Bristol" jamoalarida harakat qilgan. 19 yoshida tizzasidan olgan jarohati tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U "Suonsi"dan oldin "Suindon Taun" va "Nots Kaunti"da murabbiylik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar