Brayan Riaskos: "Hujumdagi istalgan poziciyada o'zimni qulay his qilaman"
23 iyu 14:10
Yangiliklar


Brayan Riaskos: "Hujumdagi istalgan poziciyada o'zimni qulay his qilaman"
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Brayan Riaskos o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
– Bugungi o'yin haqida fikringiz...
– Qiyin o'yin bo'ldi, raqib jamoa ancha yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin biz o'z o'yinimiz orqali bir nechta golli vaziyatlarni yarata oldik. Gol urganimdan va g'alaba qozonganimizdan juda xursandman.
Birdamlikda kuchli raqibni engishga muvaffaq bo'lganimiz uchun butun jamoani tabriklayman. Shu jumladan, uchrashuv boshidan oxirigacha bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorchilik bildirib qolaman.
– Jamoaga kelganingizdan beri sizni turli poziciyalarda ko'rdik. O'zingizni qaysi poziciyada yaxshiroq his qilasiz?
– Shaxsan men hujumdagi har qanday poziciyada – o'ngda ham, chapda ham, to'qqizlikda ham o'zimni qulay his qilaman. Bu uch poziciyaning har birida bemalol o'ynay olaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar