Teo Ernandes "Al Hilol"ga o'tishga rozi bo'ldi, klublar kelishuvga erishdi
23 iyu 15:07
Yangiliklar


Teo Ernandes "Al Hilol"ga o'tishga rozi bo'ldi, klublar kelishuvga erishdi
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes "Al Hilol"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar berdi insayder Janluka Di Marcio.
Avvalroq 27 yoshli franciyalik Saudiya Arabistoni klubiga o'tishdan bosh tortayotgani haqida malumot paydo bo'lgandi. Manbaning xabariga ko'ra, hozir vaziyat o'zgargan – futbolchi bu variantni ko'rib chiqishga tayyor. Klublar uning transferini 35 million evroga kelishib olgan.
Ernandes 2019 yildan beri "Milan"da o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 49 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.
Transfermarkt portali Teoning transfer narxini 35 million evroga baholamoqda. Uning "Milan" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar