So’nggi yangiliklar

14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  0 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  0 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  5 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  2 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  4 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  1 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  22 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  11 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  9 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  5

Grigoriy Kolosovskiy: "Bugungi durangdan biz xursand bo'lishimiz, raqiblar esa buni mag'lubiyat kabi qabul qilishi kerak" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Bugungi durangdan biz xursand bo'lishimiz, raqiblar esa buni mag'lubiyat kabi qabul qilishi kerak"

Pro-liganing 7-turida "FarDU" jamoasiga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.


- Jamoam bugun maydonga uch ochkoni olib bo'ldik deb o'ylab maydonga tushdi. Xuddiki, ular "Bunyodkor"ni mag'lub qilganidan keyin ligada hech qanday raqib qolmagan va muddatidan oldin chempion bo'lgandek. Bu xato fikr, raqib ham qanday futbol o'ynash kerakligini ko'rsatib qo'ydi. Ular katta ishtiyoq bilan maydonga tushishdi va bu darajaga mos emasligini ko'rsatishga isbotlashga intilishdi. Rostdan ham ular darajasini ko'tara oladi va ochkolarini yig'adi. Ular bizni o'z joyimizga qo'yib qo'yishdi. Ertaga futbolchilar bilan jiddiy suhbat kutib turibdi. Miyani sovutib, ertaga barchasini hal qilib olamiz. Raqibni o'zi mos bo'lgan bir ochkosi bilan tabriklayman. Ular bugun ochko yo'qotishdi desak ham bo'ladi. Raqib g'alabaga bizdan ko'ra yaqinroq edi. Biz juda yomon o'ynadik. O'z ishiga bunday sovuqqon qarab, ochkolar o'zi kelaveradi qabilida maydonga tushish... Buni o'zingiz ko'rdingiz. Raqib bugun maydonning har bir qarichida kurash taklif qildi va bizning jamoadan farqli ravishda yaxshiroq kurashdi. Ikkinchi bo'limda holatni biroz to'g'rilagandek bo'lgandik, biroq bu ham kamlik qildi. Ilk daqiqalardanoq yuqori tempda o'ynash kerak. Bugungi durangdan biz xursand bo'lishimiz, raqiblar esa buni mag'lubiyat kabi qabul qilishi kerak.

- Bugun "Lokomotiv"da vaziyatlar kamroq bo'ldi.

- O'yin yakunida bizda 100 foizlik vaziyat bo'lgandi, ikki metrdan gol ura olmadik. Menimcha biz bu o'yinda g'alabaga loyiq emasdik. Ilk daqiqalardan yuqori kuch bilan o'ynash kerak. Birinchi bo'limda birorta aniq zarba yo'llay olmadik, birga-bir vaziyatlarda raqibni alday olmadik, tuzukroq xavfli uzatmalar amalga oshirmadik... Bunaqada qanday qilib gol urish mumkin. Yakunda mana natija.

- Pro-ligada jamoalar soni kam bo'lgani uchun o'yinlar ham kam. Shu bois har bir o'yin final kabi o'tmoqda. Futbolchilar turnir jadvali va o'yinlar bilan tanishib bormoqdami?

- Menimcha ular har bir o'yinni kuzatib borishmoqda. "Bunyodkor" mag'lub qilinganidan keyin yigitlar hali ham eyforiyada qolib ketganga o'xshaydi. Bu albatta, bizning aybimiz. Hamma aybni futbolchining elkasiga tashlab qo'yib bo'lmaydi. Biz ilk daqiqalardanoq futbolchilarni kurashishga davat qila olishimiz kerak. Birinchi daqiqadanoq to'p uchun oxirigacha kurashish kerak. Hozir hech kim g'alabani osonlikcha berib qo'ymaydi. Bugun raqibda ishtiyoq yuqori edi va ular buni ko'rsata olishdi. 

- Oldinda "Lokomotiv"ni "Jayxun"ga qarshi o'yin kutib turibdi. Bahs suniy maydonda bo'ladi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Nukusga borgan barcha jamoani suniy maydondagi o'yin kutadi. Bizda ham shunday. Ular ham doimo suniy maydonda o'ynab, keyin tabiiylarida o'ynashadi. Bu ularga halaqit qilmaydi. Menimcha bu katta muammo bo'lmaydi. Ha, tarkibda o'zgarishlar qilamiz. Istalgan maydonda o'ynab, isbotlay olish kerak. Barcha bir xil sharoitlarda bo'lishadi: biz ham ular ham suniy maydonda bo'lamiz. 

- Akaki Shulayasiz jamoada kreativlik ko'rinmadi. U qachon safga qaytadi?

- Maydonga faqatgina 11 futbolchini tushira olamiz. Shulaya, Shulaya, Shulaya... U ham barcha futbolchilar qatori. Shulayasiz ham tarkibda etarlicha futbolchilar bor. Bugungi o'yin uchun maydonga tushganlardan javobini olamiz. Ertaga juda jiddiy suhbat kutmoqda. Nima uchun bunday bo'ldi? Nima uchun biz raqibga etarlicha baho bera olmadik? Bu nima bilan bog'liq? Eyforiya bilanmi? Mana bizga joyimizni ko'rsatishdi va jiddiy jazolashdi. Har bir o'yinga kelgandan keyin kurashish kerak. Jamoaning bir futbolchiga bog'lanib qolishi esa yaxshi emas. Jamoada 20 futbolchi bor. Shulayaning sog'lig'ida muammolar bor, o'zini noqulay his qilyapti. U safar o'yinigacha o'ziga kelib olishi tarkibda bo'lishi kerak. Shulaya bugun maydonda bo'lmadi, lekin boshqa futbolchilar bor edi. Barchamiz birgalikda shug'ullanyapmiz. Har bir futbolchi uchun himoya, o'rta chiziq va hujum uchun alohida talablarimiz bor.  Ular bu talablarini bajarishlari kerak. Bugun shu talablarni bajarmagani uchun natija shunday bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика