"Real" Luninni MYUga qo'yib yubormadi
23 iyu 2025 19:30
Yangiliklar
"Real" Luninni MYUga qo'yib yubormadi
Andre Onana so'nggi yillarda "Manchester Yunayted" darvozasida muntazam ravishda xatolarga yo'l qo'yib keldi.
Shu bois, "qizil iblislar" yozda yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashi mumkin.
"Transfer News Live" xabariga ko'ra, MYU "Real"ning ukrainalik darvozaboni Andriy Lunin uchun 15 million evro taklif qilgan, biroq rad javobini olgan.
Transfermarkt portali ekspertlari 26 yoshli Luninni 18 million evroga baholamoqda. Ukrainalik futbolchi "Real"ning Tibo Kurtuadan keyingi ikkinchi darvozaboni hisoblanadi. 2024/2025 yilgi mavsumda Lunin 14 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 19 ta gol o'tkazib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" Angliya chempionatini 15-o'rinda yakunlagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Fikrlar