O'zbekiston terma jamoasi "Urartu"ni mag'lub etdi
30 jan 20:42
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi "Urartu"ni mag'lub etdi
Yopiq eshiklar ortida o'tayotgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlandi.
Bellashuv 35 daqiqadan 3 taym davom etadi.
Uchrashuv 19-daqiqasida "Urartu" azosi Xariton Ayvazyan hisobni ochdi. 35-daqiqada Alisher Odilov hisobni tenglashtirdi.
58-daqiqada Javohir Husanov terma safidagi ikkinchi golini urdi. U Xitoy bilan bahsda ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygandi.
62-daqiqada himoyachi Doston Tursunov hisobni oshirdi.
70-daqiqada Avazbek O'lmasaliev hisobni yanada yiriklashtirdi — 4:1.
105+3-daqiqada "Urartu" jamoasi hisobni biroz qisqartirdi.
Mashg'ulot uchrashuvi
O'zbekiston – "Urartu" 4:2
Gollar: Alisher Odilov 35', Javohir Husanov 58', Doston Tursunov 62', Avazbek O'lmasaliev 70' – Xariton Ayvazyan 19', 105+3.
O'zbekiston: O'tkir Yusupov (Vladimir Nazarov, 36), Alibek Davronov (Doston Tursunov, 47), Jasur Jaloliddinov (Aziz Xolmurodov, 36, Sardor Bahromov, 71), Alisher Odilov (Xurshid G'iyosov, 36, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 71, 71), Otabek Ahadov (Dilshod Komilov, 47), Ibrohim Ibragimov (Mahmud Mahamadjonov, 36, Firdavs Abdurahmonov, 71), Nodir Abdurazzoqov (Abbos G'ulomov, 36, Behruz Karimov, 71), Rustam Turdimurodov (Ikrom Aliboev, 36, Anvar Hojimirzaev, 71), Oybek Bozorov (Javohir Husanov, 36, Samandar Mavlonqulov, 71), Sherzod Esanov (Quvondiq Ro'ziev, 36), Jahongir O'rozov (Avazbek O'lmasaliev, 47).
Zaxira: Edem Nemanov, Samandar Muratbaev.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar
Шундай бориб туриб кучли командага спаринг туширса "кучук" килиб ташлашини тренер хам яхши билади шундай экан хамма узини "суйган" ишини килган яхшими дийманда!!!