"Real" MYU futbolchisiga davogar
30 jan 14:08
Yangiliklar
"Real" MYU futbolchisiga davogar
Taniqli insayder Ekrem Konur malumotiga ko'ra, 26 yoshli portugaliyalik himoyachi "qaymoqranglilar"ning himoya chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, Trent Aleksander-Arnoldning tez-tez jarohat olishi va beqaror o'yini, shuningdek, boshqa himoyachilarning ham muntazam jarohatlari "galaktikos" rahbariyatini transfer bozoriga chiqib, yangi kuch qidirishga majbur qilgan.

26 yoshli Dalot "Real" uchun qanot himoyachisi poziciyasida muammoni hal qila oladigan sifatli va ishonchli variant sifatida baholanmoqda. "Qaymoqranglilar"dan tashqari portugaliyalik himoyachiga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda, chunki nemis grandi himoya chizig'ida jarohatlar muammosiga duch kelmoqda.
Futbolchining o'ziga kelsak, u hozircha nomdor klublar tomonidan bildirilayotgan qiziqishga qaramay, "Manchester Yunayted"ni tark etish istagida emas.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum "qizil iblislar" safida 23 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Fikrlar