ECHL o'tish uchrashuvlariga qura tashlandi: "Real" yana Mourinyuning "Benfika"si bilan o'ynaydi!
30 jan 16:29
Yangiliklar
ECHL o'tish uchrashuvlariga qura tashlandi: "Real" yana Mourinyuning "Benfika"si bilan o'ynaydi!
O'tish uchrashuvlari juftliklari:
"Monako" – PSJ
"Benfika" – "Real"
"Qorabog'" – "Nyukasl"
"Budyo-Glimt" – "Inter"
"Galatasaroy" – "Yuventus"
"Bryugge" – "Atletiko"
"Borussiya D" – "Atalanta"
"Olimpiakos" – "Bayer"

Qurada 16 ta jamoa turnirning 1/8 finaliga chiqish uchun o'tkaziladigan o'tish o'yinlaridagi raqiblarini bilib oldi.
O'tish o'yinlari quyidagi tamoyillar asosida qura tashlash orqali aniqlandi:
1) Klublar umumiy bosqich yakunida egallagan o'rinlariga qarab ikkiga bo'lindi. Natijada to'rtta saralangan juftlik (jadvalda 9 va 10-o'rinlar, 11 va 12-o'rinlar, 13 va 14-o'rinlar, 15 va 16-o'rinlar) hamda to'rtta saralanmagan juftlik (17 va 18-o'rinlar, 19 va 20-o'rinlar, 21 va 22-o'rinlar, 23 va 24-o'rinlar) shakllantirildi.
2) Har bir saralangan juftlik pley-off to'rida saralanmagan juftliklardan biriga qarshi o'ynaydi:
9 yoki 10-o'rindagi jamoalar 23 yoki 24-o'rindagi jamoalarga qarshi,
11/12 — 21/22 ga qarshi,
13/14 — 19/20 ga qarshi,
15/16 — 17/18 ga qarshi bahs olib boradi.
3) Bir mamlakat jamoalari ushbu bosqichda o'zaro to'qnash kelishi mumkin.
Quyida 2025/2026 yilgi Chempionlar Ligasining o'tish uchrashuvlari qurasida ishtirok etadigan jamoalar keltirilgan:
Saralangan jamoalar: "Real" (Ispaniya), "Inter" (Italiya), "PSJ" (Franciya), "Nyukasl" (Angliya), "Yuventus" (Italiya), "Atletiko" (Ispaniya), "Atalanta" (Italiya), "Bayer" (Germaniya)
Saralanmagan jamoalar: "Borussiya D" (Germaniya), "Olimpiakos" (Greciya), "Bryugge" (Belgiya), "Galatasaroy" (Turkiya), "Monako" (Franciya), "Qorabog'" (Ozarbayjon), "Budyo-Glimt" (Norvegiya), "Benfika" (Portugaliya)
Kimlar pley-offga chiqdi?
8 tur yakunlariga ko'ra umumiy bosqichda ilk 8 ta o'rinni egallagan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga chiqdi. 9-o'rindan 24-o'ringacha bo'lgan jamoalar esa o'tish bahslarida ishtirok etadi.
O'yinlar qachon o'tkaziladi?
O'tish o'yinlari 2026 yilning 17-18 va 24-25 fevral kunlari bo'lib o'tadi. 1/8 final bahslari esa 10-11 mart va 17-18 mart kunlariga belgilangan. Final 30 may kuni Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar