"Qo'qon-1912" Adhamjonov va O'zdemirni tarkibiga qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
20 fev 2026, 20:22
"Qo'qon-1912" transfer oynasining so'nggi kunida Alper O'zdemir va Muhammadziyo Adhamjonov bilan shartnoma imzoladi.

"Yangi mavsum oldidan jamoamiz nafaqat tarjibali futbolchilar, balki yosh va iqtidorli futbolchilar bilan ham shartnomalar imzolamoqda. Turkiyaning "Beshiktosh" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi va o'tgan mavsum "Sivasspor" yoshlar safida harakat qilgan Alper O'zdemir va 2025 yilgi mavsumda "Neftchi" bilan O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan Muhammadziyo Adhamjonov bilan shartnoma imzoladik. 

Ma'lumot uchun, O'zdemir 2005 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Markaziy himoya va tayanch yarim himoyada harakat qila oladi. Muhammadziyo esa 2004 yilda Farg'ona viloyatida tug'ilgan va u himoyaning istalgan qismida harakat qiladi.

Har ikki yangi futbolchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати