"Bu yigitlar uchun eng yaxshi namuna". Lionel Skaloni Messi haqida

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2026, 11:53
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining 2026 yilgi jahon chempionatiga chaqirilishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Murabbiyning fikricha, Messi yosh futbolchilar uchun muhim o'rnak hisoblanadi:
"Bu yigitlar uchun eng yaxshi namuna, ular unga qarab: 'Qara, u hali ham urinishda davom etmoqda, o'ynashni, shu yerda bo'lishni istaydi', deyishadi.
U deyarli o'zgarmagan, u o'sha-o'sha jangchi bo'lib qolmoqda.
U oltinchi mundialiga avvalgidek ishtiyoq bilan yo'l olmoqda.
Gap qanchalik ko'p g'alaba qozonganing yoki qanday o'ynaganingda emas, balki ishga qanday munosabatda bo'lishingdadir.
Biz aynan shuni yigitlarga tushuntirishga harakat qilyapmiz va ular buni ko'rib turishibdi".
Eslatib o'tamiz, Messi bungacha 2006, 2010, 2014, 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlarida ishtirok etgan, bo'lajak turnir esa argentinalik futbolchi uchun faoliyatidagi oltinchisi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ole