"Yuventus" kolumbiyalik yulduzni olib kelmoqchi
30 jan 21:13
Yangiliklar
"Yuventus" kolumbiyalik yulduzni olib kelmoqchi
Turkiyalik jurnalist Yag'iz Sabunjio'g'lining xabar berishicha, "Yuventus" 22 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferi bo'yicha Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi bilan rasmiy muzokaralarni boshlagan.
Ayni paytda Duran ijara asosida mavsum oxirigacha "Fenerbaxche"da o'ynamoqda. Bu esa turinliklar futbolchini muddatidan oldin qaytarish uchun turk klubi bilan ham alohida muzokaralar olib borishi kerakligini anglatadi.

Duran 2025 yilning yozida 77 mln evro evaziga "Aston Villa"dan "Al Nassr"ga o'tgan. U Saudiya Arabistoni grandi tarkibida 18 o'yin o'tkazib, 12 ta gol urganidan so'ng "Fenerbaxche"ga ijaraga berilgan.
Turkiya jamoasi libosida esa Duran 21 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar