So’nggi yangiliklar

11:54МЮ раҳбарияти пул тежашнинг янги усулини топди  0 11:29Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди  1 10:53Бугун Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилади. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада  6 10:22«Шўртан» «Пахтакор» тарбияланувчиси билан шартнома тузди  1 09:50Шомуродов «Рома» сафида энг яхши натижани қайд этмоқда  5 09:22Ўртоқлик учрашуви. «Қалдирғочлар» навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  0 08:56Клаудио Раньери навбатдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 08:28Ўзбекистон футзал терма жамоасининг яна бир аъзоси легионерга айланди  0 08:00Моуринью «Галатасарой» мураббийлари ва футболчиларини маймун деб атади. «Галатасарой» бу бўйича ФИФАга арз қилмоқчи  10 07:33Sofascore. Гол ва ассист қайд этган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳо олди?  3 07:03Элдор Шомуродов кечаги ўйинда қандай статистика қайд этди?  4 06:55Серия А. "Рома" - "Монца" 4:0, Шомуродовда 1+1  1 02:38А Серия. "Рома" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол+пас  53 00:10Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" ва "Фенербахче" муроса кўчасини танлади  7 23:43"Сити" ёзда 7 нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  10

Superliga. "Qizilqum" Bekobodda so'nggi daqiqalarda gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" Bekobodda so'nggi daqiqalarda gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qizilqum" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 



Coca-Cola Superliga. 7-tur
METALLURG – QIZILQUM 1:1  
6 may 2022 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:30

Gol: Xudoyshukur Sattorov 26' – Jasur Azimov 90+6'
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, SHuhrat Rajabov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistenti: Andrey Capenko
Komissar: SHerzod Rajabov

Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Islombek Isoqjonov (9.Zabixillo O'rinboev, 67), 8.Salamat Quttiboev, 10.SHohnazar Norbekov (16.Jasur Xolto'raev, 79), 11.Damir Temirov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 80.Farrux Ibrohimov (26.Hakimxon Alamxonov, 90+6), 94.Farhod Bekmurodov (30.Ibrohim Ibragimov, 46), 97.Muhammadali Aliqulov.
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 99.Vladimir Vagin, 5.Abbos Otaxonov, 19.Ergash Ismoilov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov.

Qizilqum”: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo'ldoshev (17.Salim Mustafoev, 46), 7.Sanjar SHoahmedov, 10.Temurxo'ja Abduxoliqov, 11.Aleksandar Stanisavlevich, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.SHerali Jo'raev, 25.Azizbek Usmonov (18.Jasur Azimov, 83), 33.Oleg Zoteev, 43.Pol Komolafe, 88.Artyom Dmitriev.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 8.SHahzod Turopov, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 29.Gabriel Gonsalo Ritakko, 32.Ilhom Kenjaev, 77.Azamatxon Maksumov.

Ogohlantirishlar: Abrorbek Toshqo'ziev (18), Aleksandar Stanisavlevich (45), Salim Mustafoev (49), Islom To'xtaxo'jaev (76), Jasur Azimov (89), Salamat Quttiboev (89).

Metallurg

Xudoyshukur Sattorov - 26'

Superliga. 7-tur

06/05/2022, 18:30

1
:
1
Tugadi

Qizilqum

Jasur Azimov - 90'

45'
90'
18'  Abror Toshqo'ziev
26'  Xudoyshukur Sattorov
46'  Farhod Bekmurodov (Ibrohim Ibragimov)
67'  Islombek Isoqjonov (Zabihillo O’rinboyev)
79'  Shohnazar Norbekov (ZHasur Xolto'raev)
79'  Shohnazar Norbekov (ZHasur Xolto'raev)
89'  Salamat Qutiboev
90'  Farrux Ibrohimov (Hakimzhon Alamxonov)
45'  Aleksandar Stanisavlevich
46'  Boburbek Yuldashev (Salim Mustafoyev)
49'  Salim Mustafoyev
76'  Islom Tuxtaxo’jayev
83'  Azizbek Usmonov (Jasur Azimov)
89'  Jasur Azimov
90'  Jasur Azimov

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! 

90+7. GOOOOOOOOOOL! Stanisavlevichning burchakdan oshirib bergan to'pini Jasur Azimov bosh bilan darvozaga kiritdi – 1:1! 

90+6. "Metallurg"da o'zgarish: Ibrohimov o'rniga Alamxonov tushdi. 

90+3. Zarbaaa! Abduxoliqovning aylanma zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Uuuux! Jasur Xolto'raev jarima maydoni ichiga yorib kirdi, ammo zarbasi noaniq ketdi. 

89. Qizishib ketgan futbolchilar Azimov va Quttiboev ogohlantirildi. 

88. Maydonda tortishuv yuzaga keldi. Ibrohim Ibragimovga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

86. Zarba!  Sanjar SHoahmedovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

86. Ibrohim Ibragimovning pasidan so'ng O'rinboev erlatib zarba berdi, ammo bu Netserovga qiyinchilik tug'dirmadi. 

83. Zarbaaaa!  Azimovning zarbasi ancha xavfli ko'rinish kasb etdi. 

83. "Qizilqum"da o'zgarish: Usmonov o'rniga Azimov tushirildi. 

79. "Metallurg"da almashtirish: Norbekov o'rniga Xolto'raev o'yinga qo'shildi. 

77. Isoqjonov qoidani buzdi, hakam vaziyatga befarq qaramadi. 

76. To'xtaxo'jaev ogohlantirish oldi. 

72. O'rinboevning pasidan keyin Ibrohim Ibragimov juda kuchsiz zarba berdi. Har doimgi scenariy, yani ofsayd.  

70. Damir Temirovga nisbatan qoida buzildi. Komolafe aybdor. 

68. Zarbaaa!  Abduxoliqovning zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

67. "Metallurg"da o'zgarish: Isoqjonov o'rniga O'rinboev maydonga tushdi.

65. Abror Toshqo'ziev va Norbekovning zarbasi bartaraf qilindi, yakunda Isoqjonov ancha noaniq zarba yo'lladi.

60. Uuux! SHohnazar Norbekov birga-bir holatga chiqib bordi, ammo Nesterov uni yiqitdi. Va albatta, oxirida yana ofsayd bo'lgani malum qilindi.   

57. Zarbaaa! Abduxoliqovning yaqin masofadan bergan zarbasini Lobanov mahorat bilan qaytardi. Ammo yakunda Temurxo'ja ofsaydda qolgani malum bo'ldi.  

56. Sanjar SHoahmedov o'ziga kelgan uzatmani nisbatan qulayroq poziciyada turgan Stanisavlevichga o'tkazib yubordi, ammo u to'pni uzoqlashtirib yubordi. 

49. Salim Mustafoev sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

48. Zarba!  Aleksandar Stanisavlevichning erlatib yo'llagan zarbasiga sal noaniq ketdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Metallurg"da ham o'zgarish: Farhod Bekmurodov o'rniga Ibrohim Ibragimov uchrashuvni davom ettiradi.

46. "Qizilqum"da o'zgarish: Boburbek Yo'ldoshev o'rniga Salim Mustafoev maydonga tushdi. 

Birinchi taym nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi. 

45. Stanisavlevich hakam tomonidan ogohlantirildi.

43. Ikki hujumchi birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan bir paytda Lobanov to'pni egallab oldi. 

38. Xudoyshukur Sattorov ikkinchi qavatda hammadan baland sakrab, zarba berdi, biroq bu Nesterovga hech qanday muammo tug'dirmadi. 

33. To'p burchakdan oshirib berilgach, Sattorov hujumda qo'pollik ishlatdi. 

32. Zarba! Bekmurojovning zarbasidaen keyin to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. 

28. Damir Temirov tibbiy yordamga muhtojlik sezmoqda. 

26. GOOOOOOOOOOL! Toshqo'zievning jarimadan uzatib bergan to'pini Xudoyshukur Sattorov bosh bilan darvozaga kiritib, hisobni ochdi – 1:0!  

24. SHerali Jo'raev Xudoyshukur Sattorovgi nisbatan qoidani buzdi. Mezbonlar to'pni  jarimadan o'yinga kiritishadi. 

23. Bekobolik ishqibozlar "Metallurg o'ynagin!" deya hayqirishmoqda. 

21. Uuux! Sattorovning pasidan keyin Norbekov zarba yo'lladi, bu Nesterovga qiyinchilik tug'dirmadi. 

19. GOL! Abduxoliqovning pasidan so'ng Komolafe gol urdi, biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

18. Uuux! Toshqo'ziev Nesterovga nisbatan xavfli harakat qilib, darvozabonni yiqitdi va sariq kartochka oldi. 

16. Norbekovning uzatmasiga sheriklari ulgurishmadi. Damir Temirov jarima maydonchasi ichidi yiqilib tushdi. 

14. Lobanovning tepgan to'pi to'g'ri Nesterovga borib tushdi.  

12. Zarba! SHerali Jo'raevning aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi.  

11. Abduxoliqov yaqin masofadan bosh bilan zarba yo'lladi, Lobanov o'z o'rnida ekanligini namoyish etdi. 

6. Komolafe jarima maydoni ichida xavfli holatni hosil qilishi mumkin edi, ammo u ofsaydda qolgan ekan. 

5. "Qizilqum" burchak zarbasini amalga oshirdi, yana Farrux Ibrohimov faollik ko'rsatdi. 

3. Farrux Ibrohimov Komolafega imkoniyat qoldirmadi va hujusga to'sqinlik qildi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика