So’nggi yangiliklar

02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  31 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  1 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  13 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  8 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  22

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "Liverpul"ga yutqazdi. Husanov himoyachilar orasida eng katta ball oldi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" o'z maydonida "Liverpul"ga yutqazdi. Husanov himoyachilar orasida eng katta ball oldi

APLning 26-turi doirasidagi "Manchester Siti" - "Liverpul" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Siti" - "Liverpul" 0:2

23 fevral, 21:30 | "Etihad"

Gollar: Saloh (14), Soboslai (37), Jons (56).

"Manchester Siti": Ederson, Lyuis, Abduqodir Husanov, Ake (Diash, 78), Gvardiol, Niko (Kovachich, 78), De Bryyune (Makati, 66), Savino, Foden, Doku, Marmush (Gundogan, 77).

"Liverpul": Alisson, van Deyk, Konate, Dias (Gakpo, 79), Soboslai, Makkalister, Saloh (Elliot, 90+2), Jons (Endo, 74), Robertson (Tsimikas, 74, Gravenberx, Aleksandr-Arnold.

Manchester City

Premier League . 26-tur

23/02/2025, 21:30

2
:
0
Tugadi

Liverpool

Mohamed Salah - 14', Dominik Szoboszlai - 37'

Stadion: Etihad Stadium, 52803 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
66'  Kevin De Bruyne (James McAtee)
77'  Omar Marmoush (Ilkay Gundogan)
77'  Nathan Ake (Ruben Dias)
78'  Nico Gonzalez (Mateo Kovacic)
14'  Mohamed Salah
14'  Dominik Szoboszlai
37'  Dominik Szoboszlai
37'  Mohamed Salah
56'  Curtis Jones
74'  Andrew Robertson (Konstantinos Tsimikas)
74'  Curtis Jones (Wataru Endo)
79'  Luis Diaz (Cody Gakpo)
90'  Mohamed Salah (Harvey Elliott)
90'  Trent Alexander-Arnold (Jarell Quansah)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Liverpul" "Etihad"da g'alaba qozonib, "Arsenal" bilan farqni 11 ochkogacha etkazdi. Bu deyarli chempionlik.

Bu o'yin orqali Abduqodir markaziy himoyani to'liqligicha o'ziniki qilib oldi deyish ham mumkin. Balki ikkinchi golda pozicion xato qilgandir, lekin 2-3 vaziyatda juda zo'r harakat qildi. Hali bu yigitcha APLni yondirib tashlaydi. Bugun esa "Liverpul" "Etihad"dan 3 ochko bilan qaytadi. Lekin biz Abduqodirni qaytadan kashf qilib boraveramiz.

O'yinga 4 daqiqa qo'shildi.

Aytgancha, bu Gvardiolaning o'z uyida "Liverpul"ga ilk mag'lubiyati bo'ladi.

89. "Liverpul" tezkor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Gakpoga uzatilgan to'pni Husanov egallab oldi va hujumning oldini oldi.

"Siti" muxlislari Abduqodirga 3-4 marta rahmat aytishlari kerak ekan. Bir o'zi turib beryapti "Liverpul"ga. Lyuis ham yomon emas, lekin u ko'proq vaqtini hujumda o'tkazmoqda.

83. HUSANOOOOVVVVV!!!! Uchinchi gol bo'lishini xohlamadi va podkati bilan golni qaytardi! Diashning qo'pol xatosidan keyin shu vaziyat yuzaga keldi.

81. Hozircha Husanov "Siti" himoyachilvri orasida eng yaxshisi bo'lib turibdi deb bemalol ayta olamiz.

78. Zaxiradan tushayotganlar orasida Diash borligini ko'rib, Husanov zaxiraga olinadiyov deb o'ylagandim. Ake o'yindan olindi. Husanov o'yin oxirigacha maydonda qoladi.

76. ZARBAAAAAAA!! Salohning zarbasini Ederson ushlab oldi.

75. ZARBAAAAAAA!! "Siti" hujumi zarba bilan yakunlandi. Lyuisning zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

72. "Siti"ning uzoq davom etgan hujumi Dokuning zarbasi bilan yakunlandi. Alisson to'pni osonlikcha ushlab oldi.

70. "Siti" hujumga o'tishga harakat qilmoqda. Lekin hech narsa o'xshamayapti.

67. Savino jarima maydonchasiga yorib kirdi. Lekin u oxirida o'z texnikasi qurboni bo'ldi.

64. UXXXXXXX!! Diasning kuchli va chiroyli zarbasini Ederson qaytardi.

60. Salohning qanotdan uzatmasini Husanov qaytarib yubordi.

59. ZARBAAAAAAA!! Marmushning zarbasi noaniq ketdi.

58. Gol inobatga olinmadi. Offsayd. Husanov elkasini biroz oldinga tashlaganida gol inobatga olinardi. Husanovdan 1000 IQ. APLda 50 yildan beri o'ynayotgandek.

56. GOOOOOLLLL!! Jons hisobni o'zgartirmoqda.

56. UXXXXXXX!! Husanov to'pni bir amallab olib qo'ymaganida hisob o'zgarishi mumkin edi.

54. "Liverpul" hujumga o'tdi. "Siti" himoyasi hozircha bexato o'ynamoqda. Niko to'pni olib qo'ydi.

51. Husanovni biz o'ng qanot himoyasida ko'ryapmiz.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Abduqodir Husanov birinchi bo'limda 48 pasdan 47tasini aniq sherigiga uzatdi. Bu 98 foiz natija degani.

Tanaffus!

45+2. De Bryuynening zarbasini ko'rganlar bormi? Kommentda baho berarsiz...

Taym yakunida Abduqodir o'ng qanotda hujumga o'tmoqda. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

43. Lyuis markazda to'pni raqibidan olib qo'ydi va hujumni boshladi. KDB tomonidan Marmushga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi.

42. Kevin de Bryuynening zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

37. GOOOOLLLL!! Soboslai hisobdagi farqni oshirdi. "Liverpul"ning uzoq davom etgan hujumi Dominikning zarbasi bilan yakunlandi. To'p Abduqodirning oyoqlari orasidan o'tib ketdi.


35. "Liverpul" chiroyli hujum uyushtirdi. Qanotdan markazga oshirilgan to'pni himoyachi Ake burchakka chiqarib yubordi.

34. "Siti" hujumga o'tdi. Dokuga uzatilgan to'p uchun Jeremi va van Deyk kurashdi. Yakunda to'p maydondan chiqib ketdi.

32. Marmushga juda qattiq tashlangan Makkalisterning o'ziga yordam kerak bo'lib turibdi.

30. Marmush gol urgandi. Biroq bu hisobga olinmadi.

30. Savinoga ishlatilgan foldan keyin "Siti" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Masofa biroz uzoqroq bo'lsa-da, Foden zarba yo'lladi. To'pni Alisson ushlab oldi.

26. Shu daqiqada 26-raqamli futbolchilarning "jangi" bo'ldi. Unda mehmon "26" fol ishlatdi deb topildi.

22. "Siti" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Marmushning uzatmasini "Liverpul" futbolchilari qaytarib yuborishdi.

20. Goldan keyin "Siti" qisqa paslar orqali hujum uyushtirishga harakat qilmoqda. Lekin ish zarbagacha etib bormayapti.

15. GOOOLLL!! Saloh juda chiroyli gol urib, hisobni ochdi. Uning zarbasi Akega tegib, darvozaga kirib ketdi.

14. Luis Dias o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va markazga oshirdi. Husanov to'pni burchakka chiqarib yubordi.

12. ABDUQODIR NIMA QILDI! Salkam goldan qutqardi hozir. Yuragiga qoyil, jarima maydonchasi ichida Salohga "podkat" tashladi va to'pni olib qo'ydi.

11. Hozircha Husanov juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

10. "Liverpul" hujumga o'tgandi. Jons tomon uzatilgan to'pni Husanov olib qo'ydi va Edersonga oshirdi.

8. Bahsdagi ilk aniq zarba Foden tomonidan yo'llandi. Alissondan esa o'yindagi ilk seyv.

6. Hozircha tomonlar xatolarsiz o'ynamoqda.

3. Ilk burchak zarbaga "Siti" ega bo'ldi. Fodenning uzatmasini Alisson urib yubordi. Ikkinchi tempdagi hujumdan keyin van Deyk to'pni burchakka chiqarib yubordi.

2. Bahsdagi ilk zarba. Aniqrog'i Salohning zarbasi himoyachi Lyuisdan o'tmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Bahs start olish arafasida.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! APLda tur markaziy o'yini start olish arafasida.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика