"Barselona" "Ayntraxt"dan muxlislar etkazgan zararni qoplashni talab qilmoqda
17 dek 23:52
Yangiliklar
"Barselona" "Ayntraxt"dan muxlislar etkazgan zararni qoplashni talab qilmoqda
"Barselona" "Ayntraxt"dan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-tur o'yinida (2:1) "Spotify Kamp Nou"da muxlislari tomonidan etkazilgan 6 ming evro miqdoridagi moddiy zararni qoplashni talab qildi, deb xabar bermoqda RAC1.
"Ayntraxt" muxlislari o'zlarini "Barselona" muxlislaridan ajratib turuvchi to'siqning bir qismini buzishgan, o'rindiqlar va hojatxonalarga zarar etkazishgan. Bundan tashqari, ular ettita tutun yoqib, "Barselona" muxlislari tomonga spirtli ichimliklar va peshob solingan stakanlarni otishgan, bu esa tribunalarda norozilik va keskinlik to'lqinini keltirib chiqargan. Hodisa oqibatida stadiondagi vaziyat nihoyatda keskinlashgan.
"Barselona" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida 6 ta o'yin o'tkazib, 10 ochko to'plagan va turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi. "Ayntraxt" esa jadvalning quyi qismida joylashgan bo'lib, jamoaning hisobida 4 ochko bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar