Flik La Liganing fevral oyidagi "Eng yaxshi murabbiyi" deb tan olindi
25 fev 11:29
Yangiliklar


Flik La Liganing fevral oyidagi "Eng yaxshi murabbiyi" deb tan olindi
La Ligada fevral oyining "Eng yaxshi murabbiyi" deb "Barselona" ustozi Xans-Diter Flik tan olindi.
Ortda qolgan oyda Kataloniya jamoasi Ispaniya chempionatidagi 4 o'yinning barchasida g'alaba qozondi va 54 ochko jamg'arib, birinchi o'rindagi "Real"ga etib oldi.
Germaniyalik mutaxassis joriy mavsum uchinchi bor ushbu sovrinni qo'lga kiritmoqda. Fevral oyining eng yaxshisi bo'lish uchun nomzodlar ichida Xose Bordalas ("Xetafe") va Karlos Korberan ("Valensiya") ham bor edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar