O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi "Bunyodkor"da ish boshladi
24 fev 12:58
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi "Bunyodkor"da ish boshladi
Yaqinda futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan Sanjar Tursunov "qaldirg'ochlar" murabbiylaridan qatoriga qo'shildi.
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, u "Bunyodkor" selekcioner murabbiyiga aylangan.
"Faoliyatini yakunlagan tajribali futbolchi Sanjar Tursunov "Bunyodkor" klubida selekcioner sifatida ish boshladi", – deyiladi xabarda.
Malumot uchun, Sanjar Tursunov O'zbekiston terma jamoasi safida 51 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Faoliyati davomida Rossiya, Qatar, Ukraina, Janubiy Koreya klublarida legioner sifatida, shuningdek, mahalliy OKMK, "Lokomotiv", "Bunyodkor" jamoalarida faoliyat yuritgan. 2012 yilda O'zbekistonda yil futbolchisi deb topilgan.
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 0

Fikrlar