La Liganing yangi mavsumida "El-Klasiko" o'yinlari sanasi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2026, 00:41
2026/2027 yilgi Ispaniya chempionati doirasida Madridning "Real" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi ilk to'qnashuv musobaqaning 10-turida, 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Ushbu o'yin "ko'k-anorranglilar"ning uy stadioni - "Kamp Nou"da o'tkaziladi.

Ikkinchi o'zaro uchrashuv esa La Liganing 35-turi doirasida 9 may kuni bo'lib o'tadi. Jamoalar "qaymoqranglilar"ning uy stadioni - "Santyago Bernabeu"da kuch sinashishadi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya Primerasining o'tgan mavsumi birinchi davrasida Madrid klubi Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoani 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Ikkinchi davrada esa Kataloniya klubi Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan. "Barselona" Ispaniya chempioni bo'lgan, "qaymoqranglilar" esa ikkinchi o'rinni egallagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Barca Universal