Klaudio Raneri navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
25 fev 2025 08:56
Yangiliklar
Klaudio Raneri navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
«Men jamoadan ushbu o'yinga jiddiylik bilan yondashishni so'radim. Yigitlar ushbu o'yin juda muhim ekanligini tushunishdi.
Mening sirim? Bilmadim. Men har doim jamoa bilan to'g'ri yondashuvni topishga harakat qilaman. Agar topsam, jamoa menga hozirgidan ko'proq narsani berishini bilaman.
Yigitlar men ular uchun hamma narsani qilishga harakat qilishimni tushunishadi. Bu jamoa boshida juda ko'p qiyinchiliklarga uchradi. Uchta murabbiy o'zgardi. Ammo hozir hammasi o'zgardi. Ular kuchli ekanliklarini isbotlashmoqda. Meni quvontirayotgan yana bir narsa ular o'z o'yinlari bilan muxlislarni yana stadionga qaytara olishmoqda.
Natija men uchun doim ikkinchi raqamli bo'lgan. Men futbolchilardan doim maksimal harakat qilishlarini talab qilaman. Agar futbolchi maydonda borini bersa, natija o'z-o'zidan keladi», — dedi «bo'rilar» ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar