So’nggi yangiliklar

11:08"Насаф" ёзги трансфер ойнасини қандай ўтказди? Скаут мулоҳазаси  0 10:27"Машъал"нинг бир нечта етакчиси бугунги учрашувда майдонга туша олмайди  2 10:05УEФА ПСЖга катта миқдорда жарима белгилади  1 09:34ПСЖ футболчисини Туркия жамоаси сотиб олди  3 09:03"Барселона" дунёнинг энг қашшоқ давлатларидан бири билан ҳомийлик шартномасини имзолади  2 08:32"Насаф" футзал жамоаси уч нафар Қирғиз Республикаси терма жамоаси аъзолари билан шартнома имзолади  1 08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  2 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  5 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  30 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  11 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3

Rasman: O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi Osiyo kubogi-2031 ni birgalikda o'tkazish borasida OFKga taklif yubordi Yangiliklar

Rasman: O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi Osiyo kubogi-2031 ni birgalikda o'tkazish borasida OFKga taklif yubordi

Osiyo futbol konfederaciyasi 2031 yilda Osiyo qitasining eng nufuzli futbol turniri bo'lgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni ko'rib chiqishni boshladi.

So'nggi yillarda Markaziy Osiyoda futbol borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar, xalqaro maydondagi nufuzidan kelib chiqqan holda O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini yuqori saviyada o'tkazishga ishonch bildirgan holda, o'z qo'shma nomzodini ilgari surishdi.

Bugungi kunda qo'shni mamlakatlar bilan birga O'zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Farg'ona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo'shimcha ravishda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Futzal bo'yicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini o'tadi. Markaziy Osiyo har doimgidek o'zining mehmondo'stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo etiborini qozonishga tayyor.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика