Tojikiston Tailanddagi Qirol Kubogi yarim finalida O'monni 1:0 hisobida mag'lub etdi

14 noya 2026, 18:19
Shanba kuni, 14 noyabr sanasida 52-xalqaro King's Cup 2026 turniri doirasida O'mon hamda Tojikiston milliy terma jamoalari o'rtasida yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tailandning Sisaket shahridagi "Shri Nakxon Lamduan" (Sisaket provinciyasi stadioni) o'yingohida kechgan bahs tojikistonliklarning 1:0 hisobidagi minimal g'alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu g'alaba evaziga Tojikiston terma jamoasi King's Cup 2026 musobaqasi finaliga yo'l oldi. Endi jamoa seshanba, 17 noyabr kuni oltin medallar va bosh sovrin uchun Tailand - Bruney juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. O'mon terma jamoasi esa uchinchi o'rin uchun kechadigan o'yinda maydonga tushadi.

"Qirol kubogi-2026"

"Ummon" - "Tojikiston" 0:1

Gol: Boboev 60.

14.11.2026, 14:00. "Sisaket Provinsial" stadioni.

"Tojikiston": 23. Oleg Baklov, 2. Zoir Djuraboev, 3. Tabrez Islomov, 20. Alijon Karomatullozoda, 6. Vahdat Hanonov, 8. Amirbek Juraboev, 7. Parviz Umarboev (s), 25. Nozim Bobojonov, 17. Ehsoni Panshanbe, 15. Shervoni Mabatshoev, 14. Sheriddin Boboev.

Bosh murabbiy: Igor Angelovski.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia