So’nggi yangiliklar

19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  2 19:17U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси пенальтилар сериясида Ўзбекистонни мағлуб этиб, ярим финал ва жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  391 19:15"Реал" — "Жирона". Мадриддаги ўйин учун таркиблар маълум  16 18:31А Серия. "Наполи" меҳмонда "Комо"га мағлуб бўлди ва биринчи ўринга қайтиш имкониятидан фойдалана олмади  6 18:25Рафаэл Леау Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 17:58"Арсенал" Мойзе Кинни 52 млн еврога харид қилиши мумкин  2 17:21АПЛнинг икки гранди де Йонгнинг трансфери бўйича "Барселона" билан боғланди  1 16:55Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Молдова жамоасини мағлуб этди  4 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11 15:37Зайниддин Тожиевнинг ўғли Беларусь клубида кўрикдан ўтмоқда  13 15:22"Фейеноорд" ван Персини жамоанинг янги бош мураббийи деб эълон қилди  3 14:48"Pink Ladies Cup 2025". Ўзбекистон 2-турда Иордания устидан ғалаба қозонди, вакилларимиз илк турда Корея Республикасига мағлуб бўлганди  0 14:28"Манчестер Юнайтед" ёзда Осимхен учун 75 млн евро тўлашга тайёр  3 14:02Гвардиола: "Ҳаётлигимда ҳеч ким АПЛни кетма-кет тўрт марта ютмайди"  31 13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  1

U-20 Osiyo kubogi. Koreya Respublikasi penaltilar seriyasida O'zbekistonni mag'lub etib, yarim final va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Koreya Respublikasi penaltilar seriyasida O'zbekistonni mag'lub etib, yarim final va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi

20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi chorak finalidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Koreya Respublikasi – O'zbekiston 3:3

Hakamlar: Qosim Matar Al Xatmi, Nosir Salim Ambusaidi (ikkalasi O'mon), Haydar Abdulhasan Ali Ubaydi, Zaid Tamer Muhammad (ikkalasi Iroq). 

Nazoratchi: Ryuji Sato (Yaponiya). 

Komissar: Yazin Buhori (Singapur).

Gollar: 0:1 – 18, Asilbek Jumaev (Daler To'qsonov), 1:1 – 26, Shin Min Ha, 2:1 – 56, Shin Minxa (Yun Duyang), 3:1 – 61, Kim Taevun (Li Geonxi), 3:2 – 90, Muhammadali O'rinboev (Ollobergan Karimov), 3:3 – 90+4, Abdug'afur Haydarov (Muhammadali Raimov).

Koreya Respublikasi: 23.Xon Syon Min, 4.Cho Xeonu, 5.Kim Geol (12.Pak Seungnsu, 71), 7.Son Syonmin (6.Kim Xojin, 89), 10.Kim Taevun, 13.Li Changvu, 14.Baek Minyu (9.Xa Jaengvu, 71), 15.Li Geonxi, 16.Kim Seojin, 20.Shin Minxa, 22.Yun Duyang (11.Kan Juxeok, 89).

Zaxira: 1.Pak Sanyun, 21.Kim Minsu, 2.Bae Xyunseo, 3.Shim Eonvon, 8.Sun Shin, 17.Jin Taexo, 18.Li Echan, 19.Kim Xyunvu.

O'zbekiston: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov (4.G'iyos Rizoqulov, 82), 5.Aziz To'lqinbekov (16.Muhammadali Raimov, 60), 6.Ravshan Xayrullaev (17.Ollobergan Karimov, 70), 7.Daler To'xsanov (11.Murod Komilov, 60), 9.Saidumarxon Saidnurullaev (18.Narimon Ahmadjonov, 82), 10.Muhammadali O'rinboev, 13.Behruz Jumatov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Asilbek Jumaev (3.Muhammadali Zohidov, 117), 23.Abdug'afur Haydarov.

Zaxira: 1.Maksim Murkaev, 8.Amirbek Saidov, 14.Ozodbek Qurbonov, 15.Laziz Mirzaev, 19.Rustam Fomin, 21.Samandar Murodboev.

Ogohlantirishlar: Daler To'qsonov (55), Abdug'afur Haydarov (57), Yun Duyang (65), Li Geonxi (67), Xa Jaengvu (96).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Koreya Respublikasi yarim final va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'zbekistonlik futbolchilarga esa mardonavor o'yin uchun tashakkur izhor qilamiz.

Penaltilar seriyasi

Koreya Respublikasi: ✅❌❌✅✅

O'zbekiston: ❌❌✅❌

120. Ekstra-taym yakunlandi. Penaltilar seriyasiga navbat.

118. Zarba! Xa Jaengvuning raqib jarima maydonida bosh yo'llagan zarbasini Sobirov ushlab oldi.

117. O'zbekiston terma jamoasi o'zgarishga qo'l urdi.

115. Pak Seungnsuning zarbasini raqib himoyachisi "blok" qo'ydi.

110. Haydarovning bosh bilan yo'llagan zarbasini raqib posboni xotirjamlik bilan egallab oldi.

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

105. Uchinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

102. Jumaev jarohat olgan ko'rinadi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

98. Zarba! Haydarovning urinishidan so'ng Xon Syon Min to'pni egallab oldi.

96. Xa Jaengvu hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

94. Abdullaev shifokorlardan tibbiy yordam olmoqda.

92. Zarba! Komilovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Koreya darvozaboni qiyinchilik bilan qaytardi.

91. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisi boshlandi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlar guvohiga aylanamiz.

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Abdug'afur Haydarov so'nggi soniyalarda hisobni tenglashtirdi!90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! O'rinboev hisobdagi farqni qisqartirdi!89. Koreya tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

85. Zarba! Sobirov raqib hujumchisi bilan yakkama-yakka vaziyatda jamoasi joniga ora kirdi.

84. O'zbekistonliklarning standart vaziyati samarasiz yakunlandi.

82. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

79. Xa Jaengvuning zarbasidan keyin shunday xulosaga keldimki, undan harbiy sohada dronlarni urib tushirishda bemalol foydalansa bo'larkan.

78. Xavfli vaziyat! G'afurovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi bazi qarorlarga o'xshab mantiqan tushunarsiz bo'ldi.

75. Jumaev hujumda fol ishlatdi.

70. Karimov zaxiradan maydonga tushgan zahoti to'pga birinchi teginishida Bekxem uslubida jarimadan gol urishiga bir bahya qoldi.

70. O'zbekiston tarkibida o'zgarish.

68. Zarba! O'rinboevning zarbasini Xon Syon Min qaytardi.

67. Li Geonxi ogohlantirildi.

65. Yun Duyang koreys filmlaridan olgan aktyorlik tajribasini maydonda ko'rsatgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

63. Cho Xeonu qo'pollik bilan O'zbekiston hujumini buzdi. Biz esa hujumlarimiz va parklarimiz buzilmasligini istaymiz.

61. GOL! Kim Taevun Sobirov bilan birga-bir vaziyatda to'pni uning ustidan oshirib qo'ydi.

60. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

57. Abdug'afur Haydarov qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi. Tibbiyot xodimi maydonda yotgan koreyalikdan "Bormi og'riq?" deb so'rayapti.

56. GOL! Standart vaziyatdan uzatilan to'pni Shin Minxa bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

55. Daler To'qsonov qoidabuzarlik sodir etgani uchun ogohlantirildi.

52. Ikki sardorlar to'qnashuvida koreyalik futbolchi fol ishlatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus! Nafas rostlash vaqti keldi. O'yinchilar uchun ham, biz sharhlovchilar uchun ham. Chunki bunday o'yinni sharhlash oson emas.

45+3. Zarba! Asilbek Jumaevning kuchli zarbasini koreyalik darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Zarba shunchalik kuchli ediki, biz to'pni darvozabonning qo'llariga tekkach ko'rishga muvaffaq bo'ldik.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Koreyaliklar burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo noaniq.

39. "Tottenxem"dagi akasidan bitta harf bilan ajralib turadigan Son Syon Min jamoadoshidan to'pni qabul qilishda akasidan chindan  ham farq qilishini amalda ko'rsatdi. Aut.

37. Baek Minyu raqib darvozasining yon qismida turgan bannerni aniq nishonga oldi.

35. Sobirov raqib hujumchisi bilan birga-bir vaziyatda yana o'z mahoratini namoyish etdi. Ha, u qo'riqlayotgan darvozaga to'p kiritish piyoda yo'lovchilarning peshexoddan eson-omon va xavfsiz o'tib olishi singari juda qiyin.

32. Maydon markazida Xayrullaev tomonidan fol ishlatildi.

26. GOL! Burchak uzatmasidan so'ng koreyslar hisobni tenglashtirdi. Bu safar Sobirov ham jamoasini goldan qutqara olmadi.

24. Koreyaliklar jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Uzatilgan to'p esa yana Sobirovning qo'llariga borib tushdi. Nima balo, bugun  darvozabonlarning qo'llariga magnit o'rnatilganmi deyman.

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Burchak uzatmasidan so'ng Asilbek Jumaev bosh bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi! Uning zarbasi shunchalik aniq ediki, bazi rasmiy statistikalar ham bunchalik ishonchli bo'lolmaydi. OFK rasmiy sayti Jumaevni gol muallifi sifatida qayd etdi.17. Zarba! To'qsonovning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'qqizligi tomon yo'l olayotgandi, ammo yana koreyalik posbon o'z mahoratini ko'rsatdi.

16. Zarba! 5-raqamli To'lqinbekov libosidagi raqamga monand bahoga loyiq zarba yo'lladi, ammo koreyalik darvozabon ham alo bahoga loyiq seyv amalga oshirdi.

14. Sobirov! Uning familiyadoshi ijtimoiy tarmoqlarda qanday dovrug' qozongan bo'lsa, O'zbekiston yoshlar jamoasi darvozaboni bugungi o'yindagi seyvlari bilan shunday nom qozonmoqda.

13. Saidxon Hamidovning basketbol zarbasini amalga oshirdi, ammo futbolda buning uchun ochko berilmaydi.

9. Xavfli vaziyat! O'zbekistonlik ikki himoyachining bir-biriga ishonib qolishi natijasida to'pni egallab olgan Baek Minyu epchillik bilan zarba yo'lladi, Sobirov to'pni qaytardi.

5. O'yinning dastlabki 5 daqiqasi allaqachon poyoniga etib bo'ldi. Oldimizda atigi 85 daqiqa qoldi.

2. Zarba! O'rinboevning penaltidan yo'llagan zarbasini koreyalik darvozabon qaytardi. Xon Syonminning qo'li ko'p joyga etarkan.

1. Penalti! Hamyurtlarimiz ilk daqiqadanoq penalti ishlab oldi! Koreyalik darvozabon qo'pollik ishlatdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasining kuchli raqibi ustidan g'alaba qozonib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishiga ishonch bildiramiz. Ammo Agueroning vadasini bera olmaymiz.



Jamoalar maydonga chiqishdi. Madhiyalar ijro etildi.

Biroz avval Yaponiya penaltilar seriyasida Eronni mag'lub etib, yarim final va jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozi Farhod Nishonov esa "Raqibimizning o'yin uslubiga qarab taktika ishlab chiqamiz va shunga muvofiq o'z kamchiliklarimizni bartaraf etish ustida ishlaymiz", deya aytib o'tdi.

"O'zbekiston uyushgan, dinamika, energiya va chidamlilik darajasi yuqori jamoa sifatida tanilgan.

Biroq raqibimizning kuchli jihatini tan olish bilan bir qatorda, o'zimizning o'ziga xos ijobiy fazilatlarimiz borligini unutmasligimiz lozim.

Biz xoh taktik intizom bo'lsin, xoh texnik mahorat yoki ruhiy bardamlik - barchasini rivojlantirish va to'liq namoyon etishga etibor qaratishimiz kerak", dedi Koreya Respublikasi bosh murabbiyi Li Chang Von o'yindan avvalgi intervyusida.

Koreya Respublikasi – O'zbekiston uchrashuvi g'olibi yarim finalda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Hozirga qadar Avstraliya va Saudiya Arabistoni mundil chiptasi sohibiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogidagi eng kuchli to'rt jamoa, yani yarim finalga yo'l olgan terma jamoalar Chilida o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 

Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!

Reyting: +11   

Fikrlar

+27   
23 fev 19:16:47
barselona7
Пенальти тепишни аҳволини қара.
+21   
23 fev 19:18:07
Supper Liga
11 metrni tepomasen q....q bormi futbol o'ynab ? Profesionallik 0 darajada
+19   
23 fev 19:17:18
Forever
Kotvachchalar bitta penaltini tepolmaydi
+17   
23 fev 19:19:20
Xurshidbek Abduraxmanov
Чичкоклар пеналти тепишни билмайди
+16   
23 fev 19:17:36
Нозим1983
Бу уйинчилар жахон чемпионатига боришга арзимаслигини курсатишди пенальтини тепишни билишмиди
+15   
23 fev 19:14:52
Shodi Odilov
чапақайларни 90 % и пенальтини аниқ теполмайди
+14   
23 fev 19:16:52
Barsa.com
Булди коота килиб чичдиларинг. Пенальтини бохона кималаринг
+14   
23 fev 19:13:55
Нозим1983
11 метродан котта варатани пойлаша олишолмаса ажойиб
+14   
23 fev 18:16:26
Komilov Muxammad Omar
Шарманда.... Пораҳурлик қилиб термани шакллантирганларни бола чақасига урсин...
+11   
23 fev 18:26:09
Beks0611
Reimov otangga rahmat
+10   
23 fev 19:21:03
Xorazmlik jentlmen
Penalti tepishni bilmiydi kallangga s***y senlarni dalbayoplar
+10   
23 fev 19:20:17
Сардор Саданов
Бутун бошли саставда хаммаси довдир чапакайлар
+9   
23 fev 19:18:53
TeMuR1994
raimov bilan O'rinboyevga achindim bizda nega penaltilarga tayorlanmas ekan a
+9   
23 fev 18:39:09
Inspektor Juber
Urunboyev jamoani matori ekan.Haqiqiy lider Brenfordda bekorga oynamasligini isbotlavoti
+9   
23 fev 17:17:59
cухроб
Хайрон коламан шу йигитларни кандай терма жамоага олишган пала партиш аник пас йук дриблинг нол ехх Майли Нима булгандаям омад
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика