MYU rahbariyati pul tejashning yangi usulini topdi
25 fev 11:54
Yangiliklar


MYU rahbariyati pul tejashning yangi usulini topdi
"Manchester Yunayted" rahbariyatining hisob-kitobiga ko'ra, xodimlar uchun mo'ljallangan tushlikni bekor qilish orqali, klub 1 mln funt (taxminan 1,2 mln evro) pul tejab qoladi.
Malum qilinishicha, "Manchester Yunayted" tushliklardan tashqari, klub yana 200 nafargacha xodimni ishdan bo'shatishini mumkin.
Xabar qilinishcha, rahbariyat aynan shu yo'l bilan klubni besh yillik tanaffusdan (klub 2019 yildan buyon har yilni zarar bilan yopadi) keyin yana foyda ko'rgan jamoalar qatoriga qaytarmoqchi. Moliyaviy holatini yaxshilab olgach, klub erkaklar va ayollar jamoasi rivojiga va infratuzilmani yaxshilashga yanada ko'proq mablag' ajrata oladi.
Eslatib o'tamiz, 26-turdan keyin "qizil iblislar" APL 15-pog'onasini egallab turishibdi.
Avvalroq, MYUda hatto burama mix, skotch va konvertlarni tejash boshlangandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar