

Bu haqda The Touchline X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaning qayd etishicha, Pochettino o'yinlardan so'ng futbolchilarga beriladigan ananaviy dam olish kunini bekor qilmoqchi. Endilikda o'yinchilar hordiq chiqarish o'rniga tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazish uchun klub bazasiga yetib kelishlari kerak bo'ladi. Sobiq ustoz Maykl Kerrik davrida esa jamoaga deyarli har gal dam berilar edi.
Jamoaning jismoniy holat ko'rsatkichlari hamon past darajada qolmoqda: bosib o'tilgan masofa va o'rtacha maksimal tezlik bo'yicha klub 19-o'rinni, yuqori tezlikdagi yugurish masofasi bo'yicha esa 17-pog'onani egallab turibdi.
Jismoniy tayyorgarlik jarayoniga murabbiyning o'g'li Sebastyanoni jalb etish rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, 13 noyabr kuni mankunianliklar Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlaganini rasman e'lon qilgan edi.



