"Siti" yozda 7 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi
24 fev 23:43
Yangiliklar


"Siti" yozda 7 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi
"Manchester Siti"ning etti nafar futbolchisi yozda klubini o'zgartirishi kutilmoqda.
Malumotlarga ko'ra, joriy mavsum oxirida "shaharliklar" jamoada yirik o'zgarishlarni amalga oshirishmoqchi va bu orqali yangi mavsumda sovrinlar uchun kurashni reja qilishmoqda.
"Manchester Siti" yozda Pep Gvardiolaning fikricha o'zining eng yaxshi formasiga qayta olmaydigan futbolchilar bilan xayrlashmoqchi. Gap Jek Grilish, Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva, Jon Stounz, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundogan a Ederson haqida ketmoqda. Ushbu futbolilar "Siti"dan klubni yozgi transfer oynasini ilk kunlaridan tark etish haqida xabar olgan.
"Manchester Siti" "Yuventus" vakili Andrea Kambyazo va "Torino" xavbeki Samuele Richchilar bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Bundan tashqari, "shaharliklar" Florian Virtcni kuzatishda davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar