Superliga. "Qizilqum" 10 kishi bo'lib Qo'qonda durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2026, 20:35
Superliga 26-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" o'yini bo'lib o'tdi.

Superliga, 26-tur

“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” 0:0

Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 18:30

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Abdurahmon Shukurullaev, Abdurashid Erkinov, Javohir Sadaqulov

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Qo'qon-1912": 13.Rahim Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev (17.Farhodjon Sohibjonov, 59), 11.Silvanus Nimeli, 20.Iqboljon Malikjonov, 21.G'ulom Haydar Gulyamov (9.Javohir Husanov, 88), 22.Toma Tabatadze (71.Elbekjon Yo'lchiev, 59), 99.Muhammadanas Hasanov (90.Akbar O'ktamov, 46).

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 18.Muhriddin Pazildinov, 44.Andro Giorgadze, 70.Shohruh Mahmudhojiev, .

“Qizilqum”: 1.Farhod Rahmatov, 4.Ilhom Vahobov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 8.Shahzodbek Rahmatullaev (18.Abbosbek Abdug'offorov, 86), 9.Shahzod Turopov, 15.Nikola Kumburovich, 31.Jambuli Jigauri, 40.Nodirxon Nematxonov, 44.G'iyosjon Rizaqulov (20.Bobomurod Bozorov, 62) (23.Samandar Shukurullaev, 86), 47.Ruslan Roziev (10.Islom Kenjaboev, 76), 88.Otabek Jo'raqo'ziev.

Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 6.Murodali Usmonov, 19.Ilhom Kenjaev, 45.Ozodbek Ergashov, 78.Farruh Jo'raev.

Ogohlantirishlar: Nikola Kumburovich 32, Bobomurod Bozorov 73.

Chetlatish: Jambuli Jigauri 39.

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+7. O'YIN TUGADI! “Qo'qon-1912“ - “Qizilqum“ 0:0

90+3. ZARBAAA! Nimelining zarbasini Rahmatov qaytardi!

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shildi

88. O'zgarish. “Qo'qon-1912“. G'ulomhaydar o'rniga Husanov tushdi

87. ZARBAAA! Sohibjonovning kuchli zarbasidan keyin Rahmatov to'pni qaytardi!

86. O'zgarishlar. "Qizilqum". Bozorov va Rahmatullaev o'rniga Shukurullaev va Abdug'afforov tushdi

81. Gol bekor qilindi. Hujumchi gol bo'lishidan oldin to'pni qo'li bilan o'ynagan deb topildi

79. Bosh hakam VAR monitori yoniga bordi. Yo'lchiev goldan oldin to'pni qo'li bilan o'ynagan bo'lishi mumkin

78. GOL! ELBEKJON YO'LCHIEV! 1:0.

76. Zarba! Nimelining zarbasi ham noaniq chiqdi

73. Ogohlantirish. “Qizilqum“. Bozorov

66. Zarba! Gvazavaning zarbasi noaniq chiqdi

62. O'zgarishlar. "Qizilqum". Roziev va Rizaqulov o'rniga Kenjaboev va Bozorov tushdi

61. Sidiqov jarima maydoni ichida yiqildi, hakam qoida buzilmagan deb topdi.

59. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Gadoev va Tabatadze o'rniga Sohibjonov va Yo'lchiev tushdi

56. Nimeli jarima maydoni yonida yiqitildi, mezbonlarda xavfli jarima to'pi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. “Qo'qon-1912“. Hasanov o'rniga O'ktamov tushdi

45+5. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45+2. ZARBAAAA! Muhammadanas Hasanovning zarbasidan keyin Rahmatov jamoasini goldan qutqardi

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi

45. Zarba! Turopovning zarbasidan keyin Davronov to'pni ushlab oldi

42. Rizaqulov Gadoevni yiqitdi, jarima to'pi

39. QIZIL KARTOCHKA! VAR orqali Jigauriga qizil kartochka ko'rsatildi

35. Ogohlantirish. “Qizilqum“. Jigauri

33. Zarba! Sidiqov uzatgan to'pni Yoqubov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Rahmatov yana o'z o'rnida

32. Ogohlantirish. “Qizilqum“. Kumburovich

30. ZARBA! Nimelining zarbasi noaniq chiqdi

29. ZARBA! Hasanovning zarbasi noaniq ketdi

27. ZARBAAA! Qo'qonliklarning hujumi, Gadoevning jarima maydoni ichidan tepgan to'pni Farhod Rahmatov egallab oldi!

19. ZARBAAA! Rizaqulovning havodan uzatgan to'pini Roziev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Davronovdan yana bir seyv!

14. ZARBAAA! Jigaurining kuchli zarbasidan keyin Davronov seyv qildi!

12. Jigauri ikki marta jarima to'pini amalga oshirdi, samarasiz

10. Dastlabki 10 daqiqada jamoalar juda ehtiyotkor o'ynashmoqda

1. O'YIN BOSHLANDI!

O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia