Igor Sergeev “Persepolis” safida xet-trik qayd etdi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2026, 19:07
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Eronning “Persepolis” klubi safida o'tkazilgan uchrashuvda uchta gol urdi.

“Persepolis” o'rtoqlik uchrashuvida “Kia” jamoasini 7:0 hisobida mag'lub etdi. O'zbekistonlik hujumchidan tashqari Muhammadrizo Mirshafiyon, Amirhusayn Mahmudiy, Muhammadhusayn Sodiqiy va Yosin Salmoniy ham o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi.

Eron chempionatining 13-turida “Paykon”ga qarshi kechgan uchrashuvda (3:0) asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar esa o'rtoqlik bahsi oldidan tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

Ma'lumot uchun, “Kia” klubi Eron milliy terma jamoasi va Germaniyaning “Hamburg” klubi sobiq futbolchisi Mahdi Mahdavikiyaga tegishli.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia