UEFA prezidenti: "Albatta, Rodri "Oltin to'p"ga loyiq edi"
24 fev 2025 15:32
Yangiliklar
UEFA prezidenti: "Albatta, Rodri "Oltin to'p"ga loyiq edi"
UEFA prezidenti lavozimini egallab turgan Aleksander Cheferin kuzda "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri qo'lga kiritgan "Oltin to'p" haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Cheferinning fikricha, Rodri bu mukofotga loyiq edi.

"Albatta, Rodri bunga loyiq edi. U Evro-2024da g'olib chiqqan Ispaniya jamoasi va so'nggi yillarda deyarli hamma narsani yutgan "Manchester Siti"ning yuragi edi. U hujumchilardan kamroq gol uradi va shuning uchun oddiy muxlislarga unchalik ko'rinmaydi, biroq mutaxassislar uni qadrlashadi", – dedi Cheferin.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "Oltin to'p" uchun kurashda favorit hujumchi Vinisius Junior bo'lgandi. Mukofotni oxir-oqibat Rodri qo'lga kiritgan va "Real" delegaciyasi hatto Parijdagi marosimga borishdan bosh tortgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar