So’nggi yangiliklar

19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   0 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  0 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  13 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  1 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  40 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  2 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  63 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1

Suhrob Sultonov: "Jamoamga yordamim tekkanidan xursandman" Yangiliklar

Suhrob Sultonov: "Jamoamga yordamim tekkanidan xursandman"

Teglar :  AGMKSuhrob Sultonov
AGMK jamoasi kiperi Suhrob Sultonov saytimiz tomonidan iyun oyining eng yaxshi darvozaboni deb topilganidan xabaringiz bor.

Mahoratli posboni ushbu oyda o'tkazilgan uchta rasmiy uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishni uddasidan chiqdi. Biz bu borada olmaliqliklar darvozabonining fikrlari bilan qiziqdik. 

"Alhamdulillah! Iyun oyining eng yaxshi darvozaboni deb topilganim uchun avvalo Xudoga shukur! Bunda nafaqat meni, balki butun jamoamni katta mehnati samarasi yotibdi. Murabbiyning menga bergan ishonchi va himoya chizig'idagi barcha futbolchilarning ko'magi asosida darvoza dahlsizligini saqlashga erishdim. Mashg'ulotlarda doim katta kuch bilan shug'ullanaman. O'yinda esa goh o'xshaydi, gohida yo'q. Hammasi Xudodan. Bu gal jamoamga yordamim tekkanidan xursandman.

SHu o'rinda "Championat.asia" sayti ijodkorlariga, menga ovoz berganlarga rahmat. Ishtirok va mehnatimizni shunday baholashganidan xursand bo'ldim. Hali ko'p ishlashga va jamoaga yanada yordamim tegishi uchun astoydil harakat qilaman. Niyatim, O'zbekiston terma jamoasi JCHga chiqib, millionlab muxlislarimizni xursand qilsin. Biz futbolchilar esa doimo milliy terma jamoamiz uchun yordamga shaymiz.

SHuningdek, o'zbek futboli muxlislaridan doimo futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlab, ularga dalda bo'lishlari va ishonishlarini xohlayman. O'zbek futboli ishqibozlari hozirgidek doim futbolchilarga mehrli bo'lishlari bizga katta kuch-quvvat beradi. Hech bir futbolchi maydonga yutqazaman deb chiqmaydi. SHunchaki bazida o'yin o'xshaydi yoki yo'q. Xudo xohlasa joriy mavsum AGMK barcha olmaliqlik futbol muxlislarini xursand qilib, ular kutgan g'alabali onlarni taqdim etishga urinadi. Maqsadimiz jiddiy. Bu yo'lda esa hali ko'p ishlashimiz lozim",- deydi Suhrob Sultonov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика