So’nggi yangiliklar

20:25Opta "Арсенал" АПЛни қўлга киритиш эҳтимоллиги ҳисоблаб чиқди  0 20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  42 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

O'zbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi! Yangiliklar

O'zbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!

Bugun FIFA Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kun tartibidan o'rin olgan muhim masalalar qatorida 2027 yilgi 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionati mezbonlari aniqlandi.

Unga ko'ra, O'zbekiston va Ozarbayjon birgalikda yoshlar o'rtasidagi mundialga mezbonlik qilishi belgilandi. Mazkur musobaqa FIFA tomonidan o'tkaziladigan milliy terma jamoalar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi. 

"So'nggi yillarda mamlakatimiz ko'plab yirik xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilib, katta tajriba orttirdi. Xususan, 2024 yilda yurtimizda o'tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilgani xalqaro futbol hamjamiyati tomonidan alohida etirof etildi. Mazkur musobaqalar, shuningdek, o'zbekistonlik mutaxassislarining xalqaro miqyosdagi yirik turnirlarni o'tkazish bo'yicha etarlicha tajriba va salohiyat to'plashiga imkoniyat yaratdi.

2027 yilga kelib dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirok etish uchun O'zbekiston va Ozarbayjonda to'planishadi. Yurtimiz, har doimgidek, o'zining mehmondo'stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislarining mehri bilan butun dunyo etiborini qozonishga tayyor", – deyiladi O'FA xabarida.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика