"Liverpul" va MYU "Al Nassr" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
24 noya 2026, 19:20
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" "Al Nassr" himoyachisi Muhammad Simakanga qiziqmoqda.

Manbaning yozishicha, ingliz klublari mudofaa markazida ham, o'ng qanotda ham o'ynay oladigan 26 yoshli fransiyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, transfer bo'yicha muzokaralar hali o'tkazilmagan, rasmiy takliflar ham kelib tushmagan.

"Al Nassr" Simakan bilan xayrlashish niyatida emas. Futbolchining uzoq muddatli shartnomasi ehtimoliy muzokaralarda Saudiya Arabistoni klubining poziciyasini yanada mustahkamlaydi.

Himoyachi atrofidagi vaziyatni "Arsenal", "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari ham kuzatib bormoqda.

Simakan 2025 yilning yozida "Leyptsig"dan "Al Nassr" safiga o'tgandi. U 2026/27 yilgi mavsum barcha turnirlar doirasida 11 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside