Timur Sultonov: "Nasaf" kabi jamoalar bilan o'ynash bizga katta tajriba bo'ladi"
09 apr 22:45
Yangiliklar


Timur Sultonov: "Nasaf" kabi jamoalar bilan o'ynash bizga katta tajriba bo'ladi"
O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navoiy FA" (5:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Sultonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- "Nasaf" juda kuchli jamoa, amaldagi O'zbekiston chempioni. Xalqaro maydon tajribasiga ega. Bunday jamoa bilan o'yinlar oson bo'lmaydi. Birinchi bo'lim davomida vaziyatni teng ushlashga intildik. Ikkinchi bo'limda tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Umumiy holatda jamoamiz vakillari yomon o'ynashmadi. Borlarini berib harakat qilishdi.
- Jamoaga OKMK, "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi o'yinlar nima beradi?
- Albatta katta tajriba to'playmiz. Har bir o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bugun qarshi hujumda omadimizni sinab ko'rmoqchi edik. "Nasaf" bilan o'yinda hujumkor futbol o'ynashimiz to'g'ri bo'lmas edi, darajalarda farq bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar