So’nggi yangiliklar

15:41"Нефтчи" қарзларини тўлади  0 15:15"Насаф" "Навбаҳор" билан дуранг ўйнаб, чемпионлик курашида қоқилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55"Насаф" мухлислари автоҳалокатга учради  15 14:34Винисиус Жуниорга асосий даъвогар маълум  3 13:47"Барселона" учун яхши янгилик. Жамоанинг асосий дарвозабони қайтишга яқин  1 13:16Скоулз ўғлини ўйлаб телевидениедан кетди  1 12:37Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи якуний таркиби эълон қилинди  15 12:06"Наполи" МЮнинг яна бир футболчисини жалб этмоқчи  4 11:35Виталий Денисов: "Гуруҳдан чиқишимизни истардим. Каннаворонинг мураббий сифатидаги порлаши Ўзбекистондан бошланади"  13 10:43"Барселона" Левандовскининг ўрнига Туркиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  9 10:17Мессини Анголага олиб келиш қанчага тушиши маълум қилинди  23 09:46"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини сотишга тайёр  1 09:21ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум  38 08:55"Барселона" етакчиларидан бири: "Бу сизларнинг сўнгги ғалабангиз"  13 08:27Суперлига. Бугун "Шўртан" учун сўнгги имконият  2

Nasaf yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi. Yangi futbolchilar qaysi raqamlarda harakat qilishadi? Yangiliklar

Nasaf yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi. Yangi futbolchilar qaysi raqamlarda harakat qilishadi?

Kecha Qarshi shahridagi Yoshlar markazida Nasaf futbolchilari va murabbiylari, muxlislar hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Berdialievich Azimov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida jamoaning o'tgan mavsumdagi yutuqlari esga olindi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov «Nasaf» klubining viloyat aholisi uchun naqadar muhim ekanini takidlab, ularning har bir g'alabasi muxlislarga yuqori kayfiyat ulashishini qayd etdi. Shuningdek, jamoaning yangi mavsumda ham sovrinlarni qo'lga kiritishi va o'tgan mavsum Superliga chempioni sifatida chempionlikni saqlab qolishi zarurligini takidladi.

So'zga chiqqan jamoa prezidenti, «Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi» bosh direktori barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, muxlislarning jamoa uchun katta kuch ekanini alohida etirof etdi. Aynan ularning qo'llab-quvvatlashi va jamoaning jipsligi tufayli «Nasaf» o'tgan mavsum orziqib kutilgan chempionlikni qo'lga kiritgani takidlandi. U yangi mavsumda ham asosiy maqsad chempionlikni qo'lga kiritish ekanini bildirdi.

Jamoa afsonasi va tajribali murabbiyimiz Ro'ziqul Berdiev jamoaning katta yutuqlarga erishishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berayotgan viloyat hokimligi hamda bosh homiy «Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi» rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. U bildirilgan ishonchni oqlash uchun jamoa tinimsiz harakat qilishini takidladi.

Shuningdek, so'zga chiqqan Abduvohid Nematov hamda Superliganing so'nggi yillardagi eng yaxshi to'purarlaridan biri, «Nasaf» safida debyut qilgan Dragan Cheran ham muxlislar ishonchini oqlashga vada berishdi.

Tadbir yakunida jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilarga o'z raqamlariga ega futbolkalar tantanali ravishda topshirildi:

Rubin Hebay – 99

Oleksandr Vorobey – 1

Dragan Cheran – 10

Suhrob Nurulloev – 17

Umarbek Eshmurodov – 92

Husayn Norchaev – 18



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика