

Manbaga ko'ra, har ikki jamoa muxlislari belgilangan qoidalarni buzgan. "Atletiko" muxlislari "Real" futbolchilari va mehmon sektordagilarni bir necha bor haqorat qilgan. Mehmon jamoaning bazi ishqibozlari hatto "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonega nisbatan behayo so'zlarni ishlatgan.
Shuningdek, "Atletiko" fanatlari tribunadan kichik narsalarni uloqtirgan. Ular hech kimga tegmagan.
La Liga qoidabuzarliklarni tegishli bayonnomada qayd etgan. Chempionat tashkilotchilari muxlislarning xatti-harakatlarini qoraladi. Endi klublar jarimaga tortilishi mumkin.



