So’nggi yangiliklar

20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  1 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  8 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  11 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  12 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3

Elit OCHL. 2-tur yakunlari Yangiliklar

Elit OCHL. 2-tur yakunlari

29-30 sentyabr kunlari Elit Osiyo Chempionlar Ligasining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Malumot uchun, ushbu musobaqa jamoalarni Sharq va G'arb mintaqasiga bo'lgan holda o'tkazilmoqda va har bir mintaqada 12 tadan klub ishtirok etyapti. Dastlab 2-turda qayd etilgan natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.

29.09.2025. "Nasaf" - "Al Hilol" 2:3

Qarshi. Markaziy stadion. 17,120 tomoshabin.

Gollar: S.Bahromov 27, J.Sidiqov 60 - S.Milinkovich-Savich 21, T.Ernandes 45+2, M.Leonardo 79.

Bosh hakam: Ahmad Al Ali (Quvayt)


29.09.2025. "Al Garafa" - "Al Shorta" 2:0

Al Rayyan. "Xalifa" stadioni. 2,008 tomoshabin

Gollar: Xoselu 48, F.Sassi 54.

Bosh hakam: Sadullo Gulmurodi (Tojikiston).


29.09.2025. "Traktor" - "Al Vahda" 0:0

Tabriz. "Sahand" stadioni. 49,403 tomoshabin

Bosh hakam: Xaled Al Xoish (S.Arabistoni)



29.09.2025. "Al Duhayl" - "Al Ahli" 2:2

Doha. "Abdulloh bin Xalifa" stadioni. 5,731 tomoshabin

Gollar: Edmilson Junior 25, Kshishtof Pyotek 48 - Mateus Gonsalves 42, Riyad Mahrez 45+1.

Bosh hakam: Omar Al Ali (BAA)



30.09.2025. "Al Sadd" - "Sharja" 1:1

Al Rayyan. "Jassim bin Hamad" stadioni. 6,891 tomoshabin

Gollar: Afif 18 - Lukas 73.

Bosh hakam: Zaid Tamer Muhammad (Iroq).


30.09.2025. "Al Ittihod" - "Shabab Al Ahli" 0:1

Jidda. "Qirol Abdulloh" stadioni. 24,179 tomoshabin

Gol: Sayid Ezatolahi 40

Bosh hakam: Adham Mahadmeh (Iordaniya).

Demak, 2-turning 6ta o'yinidan uchtasida durang qayd etildi va uchta uchrashuvda tomonlardan biri zafar quchdi. Saudiyaning "Al Hilol" va BAAning "Shabab Al Ahli" klublari safarda g'alabaga erishgan bo'lsa, Qatarning "Al Garafa" klubi o'z maydonidagi yutuqni tantana qildi.

Birinchi turdan farqli o'laroq bu turda muxlislar kam gol ko'rishdi. Darvozalarga jami 14ta to'p kiritildi. Eng ko'p gol turning birinchi uchrashuvida kuzatilib, bunda "Nasaf" "Al Hilol"ga qarshi bahs olib borib 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Nasaf" o'tgan o'yinda ham ikki bor to'p kiritishning uddasidan chiqqandi, bu safar ham shuni takrorlay oldi, biroq yana mag'lubiyatga uchradi. Turnir jadvali va to'plar nisbatiga ko'ra "Nasaf" hozircha musobaqa jadvalining eng oxirgi pog'onasida boryapti.

Turning kutilmagan natijasi Saudiya Arabistonida qayd etildi deb bemalol ayta olamiz. Saudiyaning amaldagi chempioni "Al Ittihod" o'z maydonida "Shabab Al Ahli"ni qabul qilib, kutilmaganda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol eronlik futbolchi Sayid Ezatolahi tomonidan kiritildi. Bu o'yinda mezbonlar safida Fabino, Kante, Benzema, Bergviyn kabi yulduzlar to'p tepgan bo'lishiga qaramay, "Al Ittihod" g'alaba qozona olmadi. 


Navbatdagi tur 20-21 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. "Nasaf" OCHL Elitdagi navbatdagi uchrashuvni 21 oktyabr kuni aynan "Shabab Al Ahli"ga qarshi safarda o'tkazadi.


3-tur juftliklari

20.10.2025. "Al Vahda" - "Al Duhayl"

20.10.2025. "Sharja" - "Traktor"

20.10.2025. "Al Shorta" - "Al Ittihod"

20.10.2025. "Al Ahli" - "Al Garafa"

21.10.2025. "Shabab Al Ahli" - "Nasaf"

21.10.2025. "Al Hilol" - "Al Sadd"

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика