So’nggi yangiliklar

18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  0 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  2 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  7 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  3 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  12

Elit OCHL. "Nasaf" o'z maydonidagi jangovar o'yinda "Al Hilol"ga yutqazdi Yangiliklar

Elit OCHL. "Nasaf" o'z maydonidagi jangovar o'yinda "Al Hilol"ga yutqazdi

Teglar :  Nasaf
Elit OCHLning navbatdagi turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Hilol" uchrashuvi yakunlandi.

OFK Chempionlar ligasi Elit. 2-tur
NASAF (O'ZBEKISTON) – AL HILOL (SAUDIYA ARABISTONI) 2:3
Bosh hakam: 
Ahmad Alali (Kuvayt)
Yordamchi hakamlar: Abdulxadi Alanezi, Ahmad Abbos (ikkalasi – Kuvayt)
To'rtinchi rasmiy: Saud Alsamxan (Kuvayt)
VAR: Abdulloh Arab (Kuvayt)
Assistent VAR: Hoshim Alibrahim (Kuvayt)
Hakamlar nazoratchisi: Alaa Al Abade (Iroq)
Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)
Mahalliy media oficer: Diyor Xotamqulov
Mahalliy bosh koordinator: Akmal Rahmatov 

Gollar: 0:1 – 21, Sergey Milinkovich-Savich, 1:1 – 27, Sardor Bahromov (Umarbek Eshmurodov), 1:2 – 45+2, Teo Ernandes (Ali Al Bulayhi), 2:2 – 60, Javohir Sidiqov (Umarbek Eshmurodov), 2:3 – 79, Markos Almeyda (Sergey Milinkovich-Savich)

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 8. Zafarmurod Abdirahmatov (17. Suhrob Nurulloev, 67), 14. Sharof Muhitdinov (10. Dragan Cheran, 46), 18. Husayn Norchaev, 22. Igor Golban (9. Javohir Sidiqov, 46 (71. Javohir Ubaydullaev, 73)), 24. Sardorbek Bahromov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov (19. Stefan Cholovich, 78), 92. Umarbek Eshmurodov

Zaxira: 1. Oleksandr Vorobey, 20. Yusuf Otubanjo, 33. Bahodir Halilov, 55. Diyorbek Abdunazarov, 82. Asilbek Amanov

"Al Hilol": 37. Yassin Bunu, 3. Kalidu Kulibali, 5. Ali Al Bulayhi (11. Kayo Sezar Lima, 72), 8. Ruben Nevesh, 9. Markos Almeyda (21. Abdullah Radif, 90+1), 19. Teo Ernandes, 22. Sergey Milinkovich-Savich, 28. Muhammad Kanno (16. Nasser Al Davsari, 85), 87. Hasan Al Tambakti, 88. Hamad Al Tuhayfan (24. Moteb Al Harbi, 90+1), 99. Abdulloh Al Hamddan (17. Muhammad Al Yami, 85)

Zaxira: 4. Yusuf Akichek, 14. Abdulkarim Muhammad, 15. Muhammad Al Qahtani, 24. Moteb Al Harbi, 25. Matyo Patuye

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+1. "Al Hilol"da yana ikki o'zgarish.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shildi.

85. "Al Hilol"da ikki o'zgarish.

79. GOL! E, attang, "Al Hilol" "Nasaf" darvozasini uchinchi marta ishg'ol qildi. Markos Almeydani o'ylagan holda golni nishonlayotgan paytda quloqlarini bekitib olishni maslahat berardim.

74. Nematov raqibning yaqin masofdan yo'llagan zarbasini egallab oldi.

73. "Nasaf"da o'zgarish.

72. "Al Hilol"da o'zgarish.

70. Teoning qo'polligidan so'ng Sidiqovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

67. Kannoning xavfli zarbasidan so'ng Nematov ishonchli o'yin namoyish etdi.

67. "Nasaf" tarkibida o'zgarish.

60. GOOOOOOOOL! "Nasaf" hisobni tenglashtirdi! Javohir Sidiqov yakkama-yakka vaziyat Bununi ojiz qoldirdi! Umar Eshmurodovdan dubl assist!

58. "Nasaf" futbolchisi tomonidan yo'llangan jarima zarbasini Bunu qaytardi. 

57. "Al Hilol" hujumi xavfli tus oldi va zarba bilan yakunlandi, ammo hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

51. Savich yaqin masofadan qulay imkoniyatni boy berdi.

50. G'aybullaev raqib hujumini bartaraf etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish.

Stadionda internet bilan bog'liq muammolar yuzaga kelmoqda.

Taym yakunlandi.

45+2. GOL! "Al Hilol" hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi – Teo Ernandes.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

40. Al Bulayhi ofsaydda qolib ketdi.

36. Bozorov fol ishlatdi.

32. Zarba! 35 metrlar atrofidagi masofadan zarba yo'llandai, Bunudan ishonchli harakat.

27. GOOOOOL!!! Bahromov olis masofadan aniq zarba yo'llab, Yassin Bununi xo'rlab tashladi. Marokashlik darvozabon o'zbek serialnavist rejissyorlaridan birining etiboriga tushgan bo'lsa, ajabmas.

21. GOL! Nematovning to'pni egallashdagi qo'pol xatosidan so'ng Sergey Milinkovich-Savich bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilib, hisobni ochdi!

16. Norchaev ofsaydda qolib ketdi.

12. Eshmurodovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

7. Bahromov fol ishlatdi.

2. "Al Hilol" ilk daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib oldi, Teoning golini hakam o'yindan tashqari holat sifatida inobatga olmadi. Stadionga muxlislar kirib ulgurmasidan turib, tark etishlarini istamaymiz.

1. O'yin boshlandi. Qarshida qarshiliklar "Al Hilol"ga qarshi qarshilik ko'rsatishga harakat qiladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика