Umar Eshmurodov: "Bu yilgi mavsum ham qiziqarli o'tishini kutmoqdaman"
29 jan 07:53
Yangiliklar
Umar Eshmurodov: "Bu yilgi mavsum ham qiziqarli o'tishini kutmoqdaman"
Qarshining "Nasaf" jamoasi ayni paytda Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Jamoa kecha "Irtish"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Aytib o'tish joizki, kecha Superliganing yangi mavsumiga qura tashlandi. Quraga ko'ra, "ajdarlar" mavsumni "Xorazm"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Tayyorgarlik haqida "Nasaf" sardori Umar Eshmurodov fikrlari bilan bo'lishdi.
"Qura haqida nima deyish mumkin? Hamma jamoalar munosib tayyorgarlik ko'rmoqda. Tarkibni yaxshi futbolchilar, kerak bo'lsa legionerlar bilan to'ldirmoqda. Bu yilgi Superliga ham qiziqarli va kurashlarga boy o'tishini kutmoqdaman",- deydi Umar Eshmurodov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar