"Real" sobiq futbolchisi Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi, Ronalduni esa ikkinchi raqam deb atadi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026, 01:55
"Real Madrid" va Argentina milliy terma jamoasi sobiq himoyachisi Esekiel Garay faoliyati davomida birga to'p tepgan eng zo'r futbolchi kimligini aytdi.

Garay "DAZN" efirida Krishtianu Ronaldu eng yaxshi sherigimi, degan savolga kutilmagan javob qaytardi.

"Yo'q. Birinchi raqam - Leo, ikkinchisi esa shubhasiz Krishtianu. Ular ikki xil futbolchi, lekin Messi meni ko'proq hayratda qoldirgan. Ikkisi bilan ham bir jamoada o'ynash baxtiga muyassar bo'lganman, ammo Leo - bu umuman boshqa daraja.

Krishtianu esa haqiqiy yulduz. U doim ertalab soat 06:00 da birinchi bo'lib keladi va mashg'ulotlardan eng oxirida ketadi. Doim eng yaxshi sport formasida bo'lish uchun rejimiga va jismoniy holatiga juda qattiq e'tibor beradi", - dedi Garay.

Eslatib o'tamiz, Garay Madrid klubida Ronaldu bilan, Argentina milliy terma jamoasida esa Messi bilan birga harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DAZN