Tajribali futbolchi faoliyatini "Manchester Yunayted"da yakunlamoqchi
06 fev 21:01
Yangiliklar
Tajribali futbolchi faoliyatini "Manchester Yunayted"da yakunlamoqchi
"The Touchline" malumotlariga qaraganda, 32 yoshli markaziy himoyachi faoliyatidagi so'nggi klub sifatida aynan "Manchester Yunayted"ni tanlagan.
Xabar qilinishicha, Manchesterdagi juda og'ir davrdan so'ng Maguayrning o'ziga bo'lgan ishonchi ancha mustahkamlangan va endi u futbolchi sifatidagi faoliyatini "Yunayted" libosida yakunlashga qatiy qaror qilgan.

Avvalroq OAVda Maguayr bu yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkinligi haqida yozilgandi, ammo hozircha bu rejalar o'zgarganga o'xshaydi.
Angliyalik himoyachi 2019 yilda 87 mln evro evaziga "Lester"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan. U "qizil iblislar" safida 259 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
Maguayrning MYU bilan amaldagi bitimi joriy yoz oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar