So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  11 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Superliga. Sergeevning yagona goli "Paxtakor"ga "Surxon" ustidan qiyin g'alabani keltirdi Yangiliklar

Superliga. Sergeevning yagona goli "Paxtakor"ga "Surxon" ustidan qiyin g'alabani keltirdi

Superliga 23-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi.

Superliga

23-tur

"Paxtakor" – "Surxon" 1:0 

Toshkent. "Jar" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: Jamshidbek Bakirov, Abdulhamid Abduraimov

Zaxira hakami: Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Rishat Nugmanov

Komissar: Vladimir Nazarove

Gol: Igor Sergeev 90, (1:0)

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin (55.Muhammadrasul Abdumajidov,46) 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Ibrohim Ibragimov (10.Azizbek Turg'unboev, 84), 17.Doston Hamdamov, 18.Bobir Abdixoliqov (11.Igor Sergeev,69), 21.Bashar Resan ( 15.Hojimat Erkinov,72), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev, 50.Flamarion ( 27.Sardor Sobirxo'jaev, 46), 77.Dilshod Saitov.

Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 7.Hojiakbar Alijonov,  20.Dilshod Abdullaev,

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Behruz Karimov ( 22.Javohir Jo'raev, 86), 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamoldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Doston Tursunov ( 19.Muhammadali Abdurahmonov,86), 10.Rustam Turdimurodov, 18.Nodir Abdixoliqov (15.Diyor Ramazonov,70), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behro'z Shaydulov, 99.Sunnatilla Poyonov (20.Sardor Mahmudov, 70)

Zaxira: 86.Davron Merganov, 9.Muhsin Bozorov, 14.Sarvar Abduhamidov,  23.Kamron Yusupov, 26.Behruz Shukurullaev.

Ogohlantirish: Nodirxon Nematxonov ("Surxon") 59, Rustam Turdimurodov ("Surxon") 64


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+5. Uchrashuv yakunlandi.

90+3. Gol bekor qilindi, o'yindan tashqari holat qayd etildi.

90+2. GOL. Xojimat Erkinov "Paxtakor"ning o'yindagi ikkinchi golini urdi. VAR vaziyatni ko'rmoqda. Gol bekor qilinishi yoki inobatga olinishi mumkin.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. GOL. Nihoyat o'sha gol urildi. Igor Sergeev jamoadoshining ajoyib uzatmasini gol bilan yakunladi. 

86. O'ZGARISH. "Surxon", Behruz Karimov o'rniga Javohir Jo'raev, Doston Tursunov o'rniga Muhammadali Abdurahmonov tushdi.

84. O'ZGARISH. "Paxtakor", Ibrohim Ibragimovning o'rniga Azizbek Turg'unboev tushdi.

82. Yana "Paxtakor"dan hujum. Sergeevning zarbasi darvoza to'siniga tegdi.

80. "Surxon" posboni Dilshod Yo'ldoshev "Paxtakor"ning ketma ket hujumlarini bartaraf etdi.

72. O'ZGARISH. "Paxtakor", Bashar Resan o'rniga Xojimat Erkinov tushdi.

70. O'ZGARISH. "Surxon", Nodirbek Abdixoliqov o'rniga Diyor Ramazonov, Sunnatilla Poyonov o'rniga Sardor Mahmudov tushdi.

69. O'ZGARISH. "Paxtakor", Bobir Abdixoliqov o'rniga Igor Sergeev tushdi.

64. OGOHLANTIRISH. Rustam Turdimurodov ham ogohlantirildi.

59. OGOHLANTIRISH. Nodirxon Nematxonov raqib hujumini to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

58. "Paxtakor"ning ketma-ket hujumlari samarasiz yakunlanmoqda.

50. ZARBA. Asilbek Jumaevning kuchli zarbasi ustunga tegdi.

46. O'ZGARISH. "Paxtakor", Zaid Tahsin o'rniga Muhammadrasul Abdumajidov, Flamarion o'rniga Sardor Sobirxo'jaev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+10. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berildi. VARga ketgan vaqt qoplab berildi.

41. Flamarionning pasidan so'ng Hamdamov zarba yo'lladi. Noaniq.

33. ZARBA. Flamarionning jarima maydonchasi ichiga kirib yo'llagan zarbasini termizliklar posboni Dilshod Yo'ldoshev qaytardi.

28. VAR vaziyatni ko'rib penalti yo'qligini va "Surxon" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolganini aytdi. O'yin davom etadi.

22. PENALTI. "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilandi Tahsin Tursunovga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi. VAR vaziyatni ko'rmoqda

18. "Paxtakor"ning hujumlari keskin tus olmayapti. "Surxon" yaxshi himoyalanmoqda.

15. Turdimurodovga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

13. Rustam Turdimurodov "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat yaratishga urinib ko'rdi. Lekin himoyachilar taqibidan qochib keta olmadi.

8. "Paxtakor"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumini "Surxon" himoyachilari qaytarib yubordi. 

2. Jamoalar ilk daqiqalardan bir-birlariga murosasiz o'yin taklif qilmoqda. 

- O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi.  

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика